Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tez tibbiy yordam xizmati sohasidagi muammolarni bartaraf etishda hokimlarga topshiriqlar berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Bugun muhokama qilingan masalalarni joy-joyiga qo‘ysak, tibbiyot sohasini xalqqa yanada yaqin qilgan, odamlarimiz inson qadrini amalda sezishlari uchun katta qadam tashlagan bo‘lamiz. Shu bois viloyat, tuman va shahar hokimlari ertadan har bir tez tibbiy va shoshilinch yordam bo‘limlariga o‘zlari borib, ularning muammolarini o‘rganadi.
Viloyat hokimlari ikki hafta muddatda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining hududiy dasturlarini qabul qilib, ijrosini tashkil etadi”, — degan prezident.
Mavzuga doir:
- “May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotganlar endi haydovchilikka ham o‘rgatiladi
- O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasi ishga tushirilib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilinadi