Daryo

O‘zbekistonga turli mamlakatlardan kelgan turistlar qancha pul sarflashlari ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonliklar, taxminan, 158,3 dollar, turkmanistonliklar 104,6 dollar, qirg‘izistonliklar 99,3 dollar, tojikistonliklar 60,4 dollar sarflaydi

1 daqiqa o‘qish35 455 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

MDH davlatlaridan kelgan turistlar o‘rtacha bir safar uchun 635 dollarni sarflaydi. Bu haqda YUNVTO huzuridagi Ipak yo‘li byurosi maslahatchisi, f.f.n. Shuhrat Isaqulov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda Rossiya, Ukraina, Belarus va Armanistondan kelgan sayyohlar nazarda tutilgan.

Markaziy osiyoliklar ancha kam sarflaydi — qozog‘istonliklar, taxminan, 158,3 dollar, turkmanistonliklar 104,6 dollar, qirg‘izistonliklar 99,3 dollar, tojikistonliklar 60,4 dollar.

Bu ushbu mamlakatlardan O‘zbekistonga sayohat qilish muddatining nisbatan qisqaligi bilan bog‘liqdir, — deya tushuntirdi Isaqulov.

Shuningdek, u xorijlik sayyohlar bir sayohatga o‘rtacha 709,4 dollarga yaqin mablag‘ sarflashini ta’kidladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi mehmonxonalarda bo‘sh xonalar soni keskin qisqargani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar