Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha FIDE 2022-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonlik Umida Omonova rapid yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritib, blits yo‘nalishida ham 9 ta imkoniyatdan 8,5 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi.
Blits yo‘nalishi bo‘yicha Humoyun Bekmurodov 9 ta imkoniyatdan 7 ball jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining “Open 12” guruhining har ikki yo‘nalish, ya’ni rapid va blits bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.
Blits yo‘nalishida yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Olmos Rahmatullayev “Open 16” guruhida 4-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning dekabrida Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)