Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Gollivud yulduzi Anjelina Joli Lvovga BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha elchisi maqomida tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aktirsani birinchi bo‘lib Lvovdagi kafelardan birida payqab qolishgan — hayratga tushgan mehmonlar Gollivud yulduzini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Biroq roliklarning asosiy qahramoniga Joli emas, kafe mijozlaridan biri aylangan. Naushnik taqib olgan holda o‘tirgan bolakay aktrisaga hech qanday e’tibor qaratmay, telefonini tomosha qilishni davom etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni ko‘rib qolgach, bolakayga bog‘liq yuzlab memlar paydo bo‘la boshladi. Eng mashhuri — “Sen va imkoniyatlaring” bo‘lib, unda yigitcha shunday mashhur inson bilan muloqot qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganiga e’tibor qaratilgan.

Kadr: Telegram

Keyinroq videodagi yigitning shaxsi ma’lum bo‘lgan — u Lvovdagi maktab o‘quvchisi 14 yoshli Yulian. U o‘zi ishtirokidagi memlarni baholab, hatto ulardan biri bilan suratga ham tushgan. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, uning bu kabi kutilmagan mashhurlikka hech qanday e’tirozi yo‘q.

“Uyga kelsam, onam mashhur bo‘lib ketganimni aytdi. Endi o‘zim ishtirokimdagi memlarni to‘playapman, buning yomon joyi yo‘q, mayli, odamlar ijobiy kayfiyat ulashsin”, — deydi u.

“Real imkoniyatlar / Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat haqidagi meditatsiyalarni tinglayapman”

“Real imkoniyatlar / Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat haqidagi meditatsiyalarni tinglayapman”
Foto: Telegram

“Rostdan ham band inson bo‘lganingda”

“Rostdan ham band inson bo‘lganingda”
Foto: Telegram

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gaitida gumanitar falokat e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston banklarida omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?
Texnologiyalar
iPhone 14 Pro Max va Galaxy S22 Ultra krash-testda solishtirildi (video)