Kuchli yomg‘ir sabab Toshkent shahri ko‘chalarini suv bosdi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” o‘quvchisining yozishicha, yomg‘ir suvi sabab avtomobillar yo‘lda qolib ketgan.
“Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ‘Feruza’ massiviga kirish joydagi chorraha yo‘llarga nisbatan past bo‘lgani uchun, chorrahani to‘liq suv bosgan. Avtomobillarning yarmigacha suvda qolmoqda. Motor qismi pastroq bo‘lgan avtomobillar suvda o‘chib qolib, sarson bo‘lmoqda”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan bu haqda suhbatlashgan manba.
Avvalroq Toshkent viloyatida kuchli yog‘ingarchilik Cobalt’ni avtomobil yo‘lidan surib chiqargani, O‘zbekistonning 4 ta hududiga sel kelgani xabar berilgandi.
Izoh (0)