Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi aholi kamida 20 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng uylarini tark etdi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Mamlakat fuqarolik mudofaasi boshqarmasining ma’lum qilishicha, “Chen Mehan” va “400 Mavozo” raqib to‘dalar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan. Qurollangan odamlar Gaiti Qishloq xo‘jaligi vazirligi yaqinidagi La-Plaine deb nomlanuvchi tumanda ham paydo bo‘lgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi otishmalar tufayli transport va ta’lim markazlari ishlashdan to‘xtagan. Bundan tashqari, qurolli to‘qnashuvlar ushbu hududlarning minglab aholisini yashash joylarini tark etishga majbur qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gaiti bosh vaziri Ariel Anri qurolli to‘dalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli mamlakat boshdan kechirayotgan xavfli vaziyatga hech qanday izoh bermadi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Port-o-Prensdagi otishmalar bir necha kun oldin boshlangan, biroq avvalroq poytaxtdan 11 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Krua-de-Buket hududida ham otishmalar bo‘lib o‘tgan, u yerda Karfur-Druyar, Vinsent, Chad va Lisona hududlaridagi qurolli to‘dalar o‘rtasida to‘qnashuvlar kechmoqda.

Dominican Today xabariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari Dominikan elchixonasi maslahatchisi Karlos Gilen Tatisni ham o‘g‘irlab ketishgan. Diplomatning qarindoshlari uning ta’til munosabati bilan Ximani shahriga ketganini, biroq uyiga qaytmaganini tasdiqladi.

Diplomat 500 ming dollar to‘lov evaziga ushlab turilgan. Qayd etilishicha, odam o‘g‘irlashda o‘tgan yili amerikalik va kanadalik 17 nafar missionerni ushlab turgan jinoiy guruh a’zolari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Gaiti politsiyasi mamlakatni vahimaga solayotgan va Gaiti shaharlari bo‘ylab nazorat o‘rnatib olgan qurolli to‘dalarga dosh bera olmayapti. Prezident Jovenel Moiz o‘ldirilganidan keyin qurolli norozilik namoyishlari avj oldi va mamlakatning ko‘p qismi hukumat qo‘lidan chiqib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Parkentda bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Dunyo
Yadroviy urushning oldini olgan SSSR zobitiga hayfsan berilishi, xotinidan qasos olish uchun samolyotni uning uyiga urgan uchuvchi, “Karavan”dagi qotillik. Kun xro...
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...