• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘ziga ishonchi past, duduq qizchadan Gollivud yulduzigacha bo‘lgan yo‘l: Emili Blantning aktrisalik faoliyati haqida

    “Qattiqqo‘l xonim” filmining sujeti o‘zingni to‘liq ishga bag‘ishlamasdan turib, yuksaklikka erisha olmaysan, g‘oyasiga asoslangan. Moda jurnali rahbarining eng yaxshi yordamchisi bo‘lish uchun qiyin yo‘lni bosib o‘tish kerak. Ushbu filmda qo‘rs yordamchi rolini o‘ynagan Emili Blant real hayotda ham uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va jahon kinosining yulduzlaridan biriga aylandi.

    Bolaligidagi duduqlanishi Emiliga omad keltirdi

    Emili Blant Londonning janubi-g‘arbiy qismida advokat va sobiq aktrisa oilasida tug‘ilgan. 14 yoshgacha u duduqlanishdan aziyat chekdi. Bu muammodan qutulish uchun u aktyorlik darslariga qatnay boshlaydi. Keyinchalik shu narsa sabab dastlab tarjimon bo‘lishni xohlagan bo‘lsa-da, uning joyi sahnada ekanini tushundi

    “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli

    “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli
    Foto: 20th Century Fox

    “Men haqiqatan ham aktrisa bo‘lishni xohlamasdim va bunga ataylab qarshilik ham qilganman. Doimo gapirish shart bo‘lgan ishim bo‘lishini tasavvur qila olmasdim”, — deydi Emili. Ammo bu muammo, aksincha muvaffaqiyatga hissa qo‘shdi.

    “Duduqlanish menga ko‘p jihatdan ta’sir qilgan. Siz hamdardlikni o‘rganasiz va odamlarni diqqat bilan kuzatasiz, chunki ko‘pincha gapira olmaysiz. Suhbatdoshingizning har bir jihatini o‘rganib chiqasiz, u sizni masxara qiladimi yoki tushunadimi? O‘ylaymanki, bu meni yanada ziyrak qildi”, — deydi Emili.

    Foto: Shutterstock

    Hozirda aktrisa Amerika duduqlanish institutini faol qo‘llab-quvvatlaydi va bu muammoga e’tiborni jalb qilish uchun uning konferensiyalarida qatnashadi. “Nutqingiz sizni kim ekanligingizni belgilamaydi. Duduqlanish — bu siz emas, balki sizning bir qismingiz xolos”, — deydi aktrisa bu kasallikka chalingan odamlarga.

    U o‘z karyerasini professional rol bilan boshlagan

    Foto: Depositphotos

    16 yoshida Emili xususiy kollejning drama, violonchel va qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi. U 2000-yilda Edinburg xalqaro festivalida boshqa talabalar bilan birga chiqish qildi. Aynan o‘sha yerda agent Kennet Makreddi e’tiboriga tushdi va u bilan kelgusida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

    Emili “Qirollik oilasi” filmida Gven Kavendish roli bilan professional debyutini boshladi. Keyin Evening Standard gazetasi unga “Eng yaxshi yosh aktrisa” unvonini berdi. Shundan keyin teatrda ham ko‘plab rollarni ijro etdi. Misol uchun, Chichester festival teatrida “Romeo va Julietta” spektaklida bosh rolni o‘ynadi.

    Odamlarni tushuna olish qobiliyati tufayli u ta’sirchan va murakkab personajlarni yaxshi o‘rgandi

    “Mening muhabbat yozim” dramasida Temsin rolida

    “Mening muhabbat yozim” dramasida Temsin rolida
    Foto: BBC Films

    “Mening muhabbat yozim” dramasida rol o‘ynagan aktrisa e’tiborga tushdi. Emili va uning hamkasbi o‘z qahramonlarini chuqur anglaganliklari uchun maqtovga sazovor bo‘lishdi. Blant ikkinchi marta Evening Standard tomonidan “Eng istiqbolli yosh aktrisa” deb topildi.

    2006-yilda Emili Blant ota va qiz o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Gideonning qizi” filmida rol o‘ynadi. Uning qahramoni Natasha tashqi tomondan xotirjam ko‘rinsa-da, aslida otasidan juda g‘azablangan va ranjigan. Ushbu ko‘p qirrali, murakkab roli tufayli Blant “Oltin globus” mukofoti sovrindori bo‘ldi.

    “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi rolni Emili parvozga kechikkani tufayli qo‘lga kiritgan

    “Qattiqqo‘l xonim” filmida Emili rolida

    “Qattiqqo‘l xonim” filmida Emili rolida
    Foto: 20th Century Fox

    Ammo o‘sha yillardagi eng katta mashhurlikni unga moda jurnali rahbarining katta yordamchisi roli keltirdi. “Qattiqqo‘l xonim” filmi ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Blant esa Britaniya akademiyasining “Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli” mukofotiga nomzod bo‘ldi.

    Emili bu rol uchun kastingdan qanday o‘tganini shunday eslaydi: “Kasting Los-Anjelesdagi Fox Studios’da bo‘lib o‘tdi va meni butunlay hayratda qoldirdi. Chunki bu men uchun yangilik edi, u paytda 22 yoshda edim. O‘shanda qanchalik asabiylashganimni yaxshi eslayman, chunki parvozga kechikayotgandim”.

    En Xeteuey, Emili Blant va Meril Strip “Qattiqqo‘l xonim” filmida

    En Xeteuey, Emili Blant va Meril Strip “Qattiqqo‘l xonim” filmida
    Foto: 20th Century Fox

    “Men biror joyga kechikib borishni yomon ko‘raman. Ammo bu menga yordam berdi: kastingda juda bezovtalandim. O‘sha kayfiyatimda asabiy yordamchi roliga juda mos tushdim”, — deydi aktrisa.

    Emili yangi roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 oygacha sport zalidan chiqmagan

    “Ertangi kun” filmidagi Rita rolida

    “Ertangi kun” filmidagi Rita rolida
    Foto: Village Roadshow Pictures

    Qiyinchiliklar va mag‘lubiyat har doim g‘alaba va omad bilan yonma-yon keladi. Emili bosh rolni o‘ynagan “Bo‘ri odam” filmi tanqidga uchradi. U hatto barcha davrlarning eng muvaffaqiyatsiz filmlaridan biri deb topildi.

    Ammo aktrisa tushkunlikka tushmadi,  “Ertangi kun” filmini suratga olishga to‘liq 3 oy tayyorgarlik ko‘rdi. Blant hech bir mashg‘ulotni o‘tkazib yubormadi: gantel, sprint, yoga, tross, gimnastika.

    Natija esa shunga arzirdi: film katta muvaffaqiyat va ko‘plab ijobiy baho oldi. Emili Teen Choice Awards mukofotining “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

    “Poyezddagi qiz” filmidagi Emilini o‘z eri ham tanimagan

    “Poyezddagi qiz” filmida Reychel roli

    “Poyezddagi qiz” filmida Reychel roli
    Foto: DreamWorks Pictures

    Yana bir triller “Poyezddagi qiz” sujeti sayozligi uchun qattiq tanqid qilindi. Ammo Emili ommaviy ravishda ushbu filmning najoti deb nomlandi. Rolling Stone jurnali Blantning ijrosini yuqori baholab, uni xarakterga chuqur kirib boradigan mahoratli aktrisa deb atadi.

    Aktrisaning eri Emilining ushbu filmdagi roli haqida shunday deydi: “Umrimda birinchi marta bu mening xotinim ekanligini unutib qo‘ydim”. Aktrisaning o‘zi bu roli haqida shunday fikrda: “Men uning kulgili ko‘rinishini xohlamadim. Bu qahramonning atrofida bo‘lish yoqimsiz, noqulay va hatto xavfli bo‘lib tuyulishi kerak edi”.

    Foto: DreamWorks Pictures

    “Men bu mavzuni keng o‘rganishim kerak edi, eng to‘g‘ri yo‘l u kabi muammoga duch kelgan odamlar haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilish edi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, film portret emas, balki triller. Tomoshabinni ishontira olish kerak”, — deb eslaydi Emili.

    Aktrisaga turmush qurish taklif qilinganda atrofdagilar ham yig‘lab yuborgan

    Foto: Shutterstock

    Ko‘plab muxlislar yulduzli juftliklar hayotini hayajon bilan kuzatishadi. Xuddi shunday Emilining amerikalik aktyor Jon Krasinski bilan munosabatlari ham ko‘pchilikni qiziqtiradi. Juftlik 10 yildan ortiq birga, hammasi restorandagi umumiy hazildan boshlangan.

    O‘sha paytda Emili “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli bilan tanilgan edi. Jon Emili bilan tasodifiy to‘qnash kelishidan oldin uni kuzatgan, qizdan ko‘zini uzolmagan. Tanishganlaridan bir yil o‘tmay, sevishganlar unashtirilgan.

    Foto: Shutterstock

    Krasinski Emiliga turmush qurishni taklif qilgan o‘sha lahzani juda yaxshi eslaydi: “O‘shanda hamma yig‘lagan: men, Emili va atrofdagilar. Menimcha, odamlar nima bo‘layotganini unchalik tushunishmagan, shunchaki biz yig‘laganimiz uchun ko‘zlariga yosh kelgandir. Ammo zo‘r bo‘lgan edi”. Hozirda er-xotinning ikkita qizi bor — Heyzel va Violet.

    Emili erini xafa qilmaslik uchun “Sokin joy” filmi ssenariysi haqida gapirmaydi

    Emili va Jon “Sokin joy” filmida

    Emili va Jon “Sokin joy” filmida
    Foto: Paramount Pictures

    2018-yilda juftlik tomoshabinlar ham uzoq vaqtdan beri kutgan maqsadiga erishdi. Bu Emili va Jon er-xotin rolini o‘ynagan “Sokin joy” filmi edi. Filmga Krasinskiyning o‘zi rejissorlik qildi. Avvaliga turmush o‘rtoqlarning hech biri Emili bosh rolda bo‘lishini rejalashtirmagan. Ammo ssenariyni o‘qib chiqqach, Blant erini unga bosh rolni berishga ko‘ndirgan.

    “U ssenariy yozayotganda men emas, boshqalar uni tanqid qilishi muhim edi. Chunki men juda to‘g‘riso‘zman. Menda hammada bo‘ladigan diplomatiya yo‘q”, — deb eslaydi aktrisa kulib.

    “Sokin joy” filmidagi Evelin Ebbot rolida

    “Sokin joy” filmidagi Evelin Ebbot rolida
    Foto: Paramount Pictures

    Juftlik filmni qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda dunyo bo‘ylab sayohat qildi va tok-shoularda bir-birlari bilan hazillashishi ularning mashhurligini oshirdi. Emili “Sokin joy” filmidagi roli uchun Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘lganida,  bu g‘alabani turmush o‘rtog‘i bilan baham ko‘rgan holda eri va hamkasbiga minnatdorlik bildirdi.

    Hozirda Emili Blant 2023-yilda ekranga chiqishi kutilayotgan taniqli rejissor Kristofer Nolan va uning jamoasi tomonidan suratga olinayotgan “Oppengeymer” nomli biografik filmda suratga tushmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Karyerasining barbod bo‘lishiga o‘zi sababchi bo‘lgan jahonga mashhur kishilar (foto)
    • Garri Potter — Deniel Redkliff aktyorlikni tark etib, rejissorlikda o‘zini sinab ko‘rmoqchi
    • Bryus Uillis, Ketrin Zeta-Jons: kasallik tufayli karyerasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • “Kimgadir tarsaki tushirmasimdan oldin kinodan keta qolay”. Jim Kerri Gollivudni tark etgandan keyin nima qilishi haqida gapirdi

    29.04.2022, 20:39   Izoh (0)   22778
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chip va Deyl” to‘liq metrajli filmining yangi treyleri chiqdi (video)

    29.04.2022, 10:46

    “Zita va Gita”dagi Badrinat amaki — Satyen Kappu: Ikkinchi darajali rollar bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktyorning hayoti va ijodi haqida

    26.04.2022, 14:54

    Asl mohiyatini faqat kattalar tushuna oladigan multfilmlar (foto)

    26.04.2022, 12:55

    “Yomon yigitlar” multfilmi AQSH prokati yetakchisiga aylandi

    25.04.2022, 19:58

    “Opa-singillar” 10 yoshda: serial qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band?

    25.04.2022, 15:52

    Jonni Depp 300 mln dollar va millionta alpaka uchun ham “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak roliga qaytmasligini ma’lum qildi

    24.04.2022, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.