“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg‘alash va realizatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirishni tartibga soladi.
Organik mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratiladi. Ishlab chiqarishda sog‘lom hayvonlar va o‘simliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va o‘simliklarga mansub bo‘lgan xomashyodan foydalaniladi.
Organik mahsulotlarni tamg‘alashda organic (organik), biologic (biologik), ecologic (ekologik), natural (tabiiy) degan so‘zlardan foydalanilishi mumkin bo‘ladi. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri yuritiladi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)