Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,81 so‘mga pastlab, 11 200,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 105,07 so‘mga pastlab, 11 887,74 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,16 so‘mga ko‘tarilib, 151,27 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kursi ketma-ket uch kun pastlashdan so‘ng 11 221,87 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)