• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Og‘zimizni yopishga urinayotgan kuchlar ham bor”. Komil Allamjonov Jenevadagi xalqaro tadbirda o‘zbek matbuoti haqida gapirdi

    Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xalqaro tashkilotlar rahbarlari, huquq himoyachilari, Yevropa va Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘zbek matbuotining kechasi, buguni va ertangi kuni qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi mulohazalarini bildirdi.

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Allamjonov o‘z chiqishi avvalida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Xayns Kollerga Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonni qora ro‘yxatdan chiqarishida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

    O‘zbekistonning oddiy fuqarosi sifatida alohida rahmat. Bugun men o‘zimning jamoam bilan shu fursatdan foydalanib, O‘zbekistondagi bugungi holat, o‘zbek matbuoti kecha qanday edi, bugun qanday, ertaga qanday bo‘ladi degan savollarga javob berib, foydali ma’lumotlarni qoldirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keldim.

    O‘zbek matbuoti kecha qanday edi? Demak bu 1991 va 2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Dastlab matbuot paydo bo‘ldi, keyin esa o‘ldi. Shu darajada o‘lik holga keldiki, jurnalistika universitetlarini tamomlagan yoshlar savdoga yoki butunlay boshqa sohaga o‘tib ketdi. Radio, televideniye va gazetalar faqat bitta odam uchun ishladi. Jamiyatda jurnalistlarning obro‘si qolmadi. Yaqingacha O‘zbekistonda 98 foiz gazetalar faqat majburiy obuna hisobidan kun ko‘rdi, chunki ular o‘ta zerikarli ekanligidan odamlar o‘zi xohlab sotib olmasdi. Davlat idoralari yopiq, matbuot xizmatlari esa nomigagina bor edi. Qaysidir vazir ko‘proq televizorda ko‘rinsa, jazolanardi. Senzura yuqori darajada edi.

    Inson huquqlari shu darajada pastligidan, paxtaning qadri odamnikidan baland edi. Ta’lim inqirozga uchradi, oqibatda bir avlod bilimsiz bo‘lib qoldi.

    Lekin xalqaro tashkilotlar ko‘z o‘ngida biz o‘zimizni demokratik davlat sifatida ko‘rsatishga urindik. Turli shartnomalar imzolandi, lekin hammasi faqat qog‘ozda edi. Bu haqda yana soatlab gapirish mumkin.

    2016-yili hukumat tepasiga Shavkat Mirziyoyev keldi. Matbuotda nima o‘zgarish bo‘ldi? Prezident jurnalistlarni o‘ziga ko‘makchi va do‘st deb atadi. Avvaliga ko‘pchilik bu gaplarga uncha ishonmadi. Lekin amalda hammasi aytilganidek bo‘ldi. Bizga – men va Saida Shavkatovnaga matbuotni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarish vazifasi yuklatildi.

    Bizning jamoa qilgan eng asosiysi ish barcha bloklangan xorijiy matbuot, xalqaro inson huquqlari bilan bog‘liq saytlar BBC Uzbek, Deutsche Welle, “Fergana.ru” Human Rights Watch, Amnesty International kabi saytlar blokdan yechildi. Undan keyin 280 ta davlat tashkilotida matbuot xizmati yangidan tashkil etildi va matbuot kotiblari tashkilot rahbari o‘rinbosariga tenglashtirildi. Katta maqomga ega maxsus AOKA tashkiloti tuzildi.

    Avvaliga xatolar ham bo‘ldi. Matbuot bilan ishlashni bilmaydigan amaldorlar sharmanda ham bo‘ldi. Tajribasiz jurnalist va blogerlar ham ko‘zga tashlandi, chunki aytganimdek, o‘tgan davrda ta’lim o‘lgan edi. Bizning fondimiz ko‘plab jurnalist va blogerlarga himoyachi vazifasini o‘tadi. Chunki uyg‘onish davrida nafaqat qonun balki administrativ himoya ham muhim edi.

    Qonunlar qayta ko‘rib chiqildi. Bizning fondimiz amalga oshirgan eng katta ish bu tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilishga erishganimizdir. Jurnalist va blogerlar gapirgan gapi uchun qamalmasligi kerak degan g‘oyani har doim ilgari surib kelyapmiz. Amaldorlar biron islohot qilishdan oldin jurnalistlar nima deydi, odamlar nima deydi, degan fikrni o‘ylay boshladi.

    O‘zbekistonda inson qadri degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevning saylov kompaniyasi “Inson qadri uchun” degan g‘oya asosiga qurildi. Shuning uchun ham xalq unga ovoz berdi, biz ovoz berdik. Chunki qadr, o‘z huquqimiz, erkinligimiz biz uchun qanchalik oliy ne’mat ekanligini tushundik. Biz sanksiyalar, dunyodan uzilish nima ekanini yaxshi bilamiz va eng asosiysi bu masalani prezident yaxshi tushunadi.

    Albatta muammolar bor. Eski tizimni qo‘msaydiganlar bor, og‘zimizni yopishga urinayotgan kuchlar ham bor. Lekin biz inson qadri va erkinlik nima ekanligini his qildik. Demak, biz uni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaymiz. Buning uchun oxirigacha kurashamiz.

    Ertaga matbuotimiz qanday bo‘ladi? So‘z va matbuot erkinligi uchun siyosiy iroda bor, qilinishi kerak bo‘lgan tadbirlar qilindi va qilinmoqda ham. Mustaqil va erkin jurnalistikani rivojlantirishimiz kerak. Ayniqsa, bugungi tashqi siyosatdagi O‘zbekistonga bo‘layotgan bosimlarni inobatga olgan holda, xorij propagandasining agressiya va zo‘ravonlik qurboni bo‘lmaslik uchun ham bu juda zarur.

    Bizning matbuot va uning xavfsizligi alohida shaxslarga bog‘liq bo‘lishi emas, balki qonunlar va yaratilgan tizim ishlashi kerak. Jurnalist va blogerlarimiz huquqiy savodxonligi, ularni bilimini yanada kuchaytirish kerak. Aholining mediasavodxonligini oshirishga erishish kerak.

    Aynan shuning uchun ham xorijiy tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik kerak. Biz bu yo‘nalishdagi xorijiy tashkilotlarni O‘zbekiston bilan birgalikda ko‘proq loyihalar qilishga, bizni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga, yordam berishga chaqiramiz.

    Bilingki, bizning missiya ham insoniyat hayotini yaxshilanishida befarq bo‘lmaslik va o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat. E’tiboringiz uchun rahmat.

    Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

    Avvalroq Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Komil Allamjonov Uzmetronom sayti asoschisi Sergey Yejkov ustidan arz qildi
    • Komil Allamjonov Rasul Kusherbayevning davlat imtihon markazlari qarorga zid ravishda yopilgani bo‘yicha fikriga raddiya bildirdi
    • Komil Allamjonov haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

    27.04.2022, 12:31   Izoh (0)   11569
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inson hayoti harakat tezligidan ming bor qadrli emasmi?

    27.04.2022, 11:50

    O‘zbekistonda 28-aprel kuni harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

    27.04.2022, 11:43

    O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    27.04.2022, 11:20

    Pekinda “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    27.04.2022, 10:28

    Qashqadaryoda ayiq bolasini o‘ldirgani aytilgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritildi

    27.04.2022, 10:15

    O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan

    27.04.2022, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42

    Instagram: Aktrisa Muborak Ashurboyeva hozir qanday ko‘rinishda? Munisa Rizayeva muxlisining orzusini amalga oshirdi, Shahlo Ahmedovaga sahnada gul otishdi

    Shou-biznes | 25 may, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.