Qoraqalpog‘istonda Amudaryo ko‘prigidan sakrab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Amudaryo tumani “Qipchoq” ovul fuqarolar yig‘inidagi Qipchoq—Amudaryo o‘tish pantom ko‘prigidan 45 yoshli ayol qasddan o‘zini suvga tashlagan. Toifalangan hududda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi ayolni suvdan qutqarib chiqib, tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.
Aniqlanishicha, ayol jiddiy jarohat olmagan, hozirda u bilan psixolog mutaxassislar shug‘ullanmoqda.
Bundan oldin Namanganda 4 yoshli bolasini o‘ziga bog‘lab suvga sakragan ayol qutqarib olingani, Nukusda o‘zini kanalga tashlagan 21 yoshli qizni Milliy gvardiya xodimlari qutqarib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)