• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ovoz to‘plash uchun hatto Andijon, Namangan va Toshkentga ham borib keldik”. “Tashabbusli budjet”da katta mablag‘ yutib olgan farg‘onaliklar muvaffaqiyat sirini oshkor qildi

    “Tashabbusli budjet” loyihasining ilk mavsumi yakunlanib, 2022-yilning 1-aprel kuni g‘oliblari e’lon qilindi. Moliya vazirligining ushbu loyihasi aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi, ovoz to‘plash jarayonlari ancha qizg‘in kechdi. Fuqarolar o‘z tashabbusi g‘olib chiqishi uchun faol harakat qilib, ovoz yig‘ish jarayonida o‘ziga xos yo‘llardan foydalandi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli aksiyalar o‘tkazish, ovozlarni pulga sotib olish holatlari kuzatildi.

    Hamjihatlikda yutuqqa erishib, loyihada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahallalar o‘z muvaffaqiyatlarini karnay-surnay bilan nishonladi. Hatto mushakbozlik qilib, bu yutuqni bayramga aylantirib yuborganlar bo‘ldi. Uchko‘prik tumanidagi “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi “Tashabbusli budjet” loyihasida uchta taklif uchun 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri mazkur mahallada bo‘lib, ovoz yig‘ish jarayoni qanday o‘tgani bilan qiziqdi. Ovoz to‘plashda faollik ko‘rsatgan yoshlar va nuroniylar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, mahalla faollari hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan to‘rtta taklifni ilgari surgan. Ovoz berish jarayonida keksa-yu yosh hamjihatlikda harakat qilib, yakunda ichimlik suv ta’minoti, yo‘l hamda maktab sport zalini ta’mirlash bo‘yicha uchta loyihani yutib olgan.

    Foto: “Daryo”

    “Mahallamiz aholisi nomidan ‘Tashabbusli budjet’ loyihasiga to‘rtta taklif kiritgan edik. Loyihada ko‘p ovoz to‘plagan uchta taklifimiz g‘olib bo‘ldi. Mahalla hududidagi to‘rtta ko‘chani asfaltlash uchun 1 milliard 80 million so‘m, ‘Pastki dasht’ mahallasiga ichimlik suv tarmog‘i tortish uchun 700 million so‘m, 22-maktabning sport zalini ta’mirlash uchun 420 million so‘m mablag‘ yutib oldik. ‘Tashabbusli budjet’ loyihasida respublika bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ni qo‘lga kiritgan mahalla bo‘ldik. Bu yutuqni xalqimiz katta xursandchilik bilan kutib oldi. Ovoz berish yakunlangan kuni yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan g‘alabani karnay-surnay bilan nishonladik. Bayramga, to‘yga aylanib ketdi bu tadbir. Barchani ko‘z o‘ngida, ochiq ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar aniqlanadigan bu loyiha xalqimizning ko‘nglidagi ish bo‘ldi”, — deydi “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ibrohim Xolmatov.

    Ibrohim Xolmatov.

    Ibrohim Xolmatov.
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillarining aytishicha, mahallaning qishda loy-ko‘lmak, yozda changga botadigan ichki yo‘llari uzoq yillardan beri asfalt ko‘rmagan. Ustiga-ustak, hududda maktab va bolalar bog‘chasi joylashgan. Yog‘ingarchilik vaqtida bu yo‘llardan yurish nafaqat yosh bolalarga, balki kattalarga ham birdek qiyinchilik tug‘dirgan. “Tashabbusli budjet”dan yutib olingan 1 milliard 80 million so‘m evaziga mahalladagi to‘rt kilometr ichki yo‘llar asfaltlanadi.

    Foto: “Daryo”

    “Mahallamizdagi ichki yo‘llarning aksariyati ta’mirga muhtoj. Mana shu ko‘chalar oxirgi marta qachon asfalt qilingani yoki ta’mirlanganini bilmayman. Ko‘chalarimiz yozda changga, qishda loyga botadi. Bu yerda bolalar bog‘chasi, maktab bor. Bolalar, ularni bog‘chaga olib keladigan ota-onalar, maktab o‘quvchilariga yog‘in-sochinli kunlarda bu yo‘llardan yurish qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun, ‘Tashabbusli budjet’ loyihasi haqida eshitib, portalga mahallamiz ko‘chalarini ta’mirlash bo‘yicha taklif kiritdik. Tuman bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plab, 1 milliard 80 million so‘m mablag‘ yutib oldik. Ovoz to‘plash jarayoni oson kechmadi. Yigirma kun davomida kecha-yu kunduz harakat qildik. Ko‘chama ko‘cha, xonadonma-xonadan yurib ovoz yig‘dik. Avval mahalladagi, keyin tumandagi uylarga birma-bir kirib chiqdik. Hatto, ovoz to‘plash uchun Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga ham borib keldik. Qayerda odam ko‘p to‘plansa, o‘sha yerga biz ham yetib bordik. Yuzlab, minglab odam to‘planadigan konsert dasturlariga, futbol o‘yinlariga borib ovoz to‘plashga harakat qildik. Boshida bu ishimizga shubha bilan qaragan, ishonmagan odamlar ko‘p bo‘ldi. Ko‘pchilik shuncha pulni sizlarga kim berib qo‘yardi, bekorga ovora bo‘lyapsizlar dedi. Xonadonlarga kirganda, gap eshitib, quvib yuborilgan paytlarimiz ham bo‘ldi. Mana, xudoga shukur, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi, loyihada yutib chiqdik. Xursandchiligimiz cheksiz”, — deydi “Katta qashqar” mahallasida yashovchi fuqaro.

    Foto: “Daryo”

    “Pastki dasht” mahallasi aholisi uzoq yillardan beri ichimlik suv muammosidan aziyat chekkan. Mahallada yashovchi fuqarolar suvni qariyb ikki kilometr masofadan tashib kelgan. Ushbu muammoga ham tashabbusli budjet jarayoni yechim bo‘ldi. Endi 700 million so‘m mablag‘ evaziga mahallada yangi quduq qazilib, uch ming metr ichimlik suv tarmog‘i tortiladi. Natijada hududdagi 100 dan ortiq xonadon toza ichimlik suv bilan ta’minlanadi.

    Foto: “Daryo”

    “‘Pastki dasht’ mahallasida ancha yillardan beri ichimlik suv muammosi bor edi. Yo uzoq masofadan tashib kelardik yo ariqdagi suvdan ichardik. Shuning uchun ‘Tashabbusli budjet’ loyihasida o‘z taklifimiz bilan qatnashdik. Yoshlarimiz harakat qilishib, uyma uy yurishib, ovoz yig‘ishdi. 700 million so‘m yutib oldik. Juda xursand bo‘ldik. Shu ishni boshida turganlarni ko‘plashib duo qildik. Endi bu mablag‘ga 3 kilometr joyga ichimlik suv tarmog‘i tortamiz”, — deydi mahalla faoli Rahimjon Usmonov.

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, “Katta qashqar” mahallasida joylashgan 22-maktab o‘qituvchilari va ota-onalar hamjihatlikda sport zali ta’miri uchun 420 million so‘mlik loyihani yutib oldi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston tumani “Ko‘l elash” mahallasi aholisi o‘z ko‘chalari ta’miri uchun bildirgan takliflari ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lganini tantana qildi.

    Mahalla raisi Shuhratjon Rahmonovning aytishicha, fuqarolar yig‘inida oltita ko‘cha mavjud. Mahalladagi 14 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarning to‘qqiz chaqirimiga umuman asfalt yotqizilmagan. “Tashabbusli budjet” loyihasida yutib olingan 900 million so‘m evaziga mahallaning 2 ming 500 metr ichki yo‘llar asfalt qilinadi.

    Shuhratjon Rahmonov.

    Shuhratjon Rahmonov.
    Foto: “Daryo”

    Shu mahallada yashovchi Shahboz Maqsudovning ta’kidlashicha, ovoz yig‘ish jarayonida yoshlar ham faol harakat qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruhlar ochib, xonadonma-xonadon yurib, ovoz to‘plashgan.

    “Mahallamizdagi ichki yo‘llar ta’mirga muhtojligi sababli yoshi kattalar bilan maslahatlashib, ochiq budjet portaliga taklif kiritdik. Xudoga shukur, to‘qqiz mingga yaqin ovoz bilan tumanda birinchi o‘rinni oldik. Bu natijaga erishish oson bo‘lmadi. Boshida bu loyiha nima ekanligini ko‘pchilik tushunmadi. Uyma uy yurib, hammaga taklifimizni tushuntirib chiqdik. Tunu kun harakat qilib, 900 million so‘mlik loyihani yutib olishga erishdik”, — deydi Shahboz Maqsudov.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston tumani moliya bo‘limi xodimi Oybek Toshqo‘ziyevning ma’lum qilishicha, tumanda ‘Tashabbusli budjet’ loyihasida eng ko‘p ovoz olgan 18 ta taklif g‘olib deb topilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Moliya vazirligi tomonidan ochilgan ochiq budjet (“openbudget.uz”) portali orqali fuqarolar tomonidan tuman bo‘yicha 220 ta taklif shakllantirilgan. Ulardan ishchi guruh tomonidan nizom talabalariga asosan saralangan 134 ta taklif egalariga tegishli tartibda xabarnoma yuborildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan 134 taklifga 130 ming 788 ta ovoz berildi. Eng ko‘p ovoz olgan 18 ta taklif g‘olib deb topildi. Ushbu takliflarning qiymati 10 milliard 200 million so‘mni tashkil etadi”, — deydi O‘zbekiston tumani moliya bo‘limi xodimi Oybek Toshqo‘ziyev.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati bo‘yicha fuqarolar tomonidan jo‘natilgan 2 ming 178 ta taklifdan umumiy qiymati 115,4 milliard so‘m bo‘lgan 204 ta taklif “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan. Ovoz berish jarayonlarida 1 million 126 ming 754 nafar yurtdoshimiz qatnashgan. G‘olib deb topilgan tashabbuslar soni bo‘yicha Farg‘ona respublika hududlari orasida Toshkent viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

    26.04.2022, 18:11   Izoh (0)   23539
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Chorvoqqa o‘xshash cho‘milish zonalarini ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi

    26.04.2022, 17:56

    O‘zbekistondagi har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyiha boshlanadi

    26.04.2022, 17:41

    Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining turizm ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgiladi

    26.04.2022, 17:20

    O‘zbekistonda 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning atigi 18 tasidan foydalanilayotgani ma’lum qilindi

    26.04.2022, 17:12

    Toshkentda ichimlik suvini rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi

    26.04.2022, 17:10

    Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryoda mehmonxona o‘rinlari talabga nisbatan ancha kamligini tanqid qildi

    26.04.2022, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sibir o‘zbeklarning tarixiy vatani ekanini aytgan deputat partiya a’zoligidan chiqarilgan — manba

    Dunyo | 2 iyun, 21:55

    “Istanbulni tinchlik o‘rnatish markaziga aylantirish niyatidaman” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 2 iyun, 21:36

    Yaponiyada kompaniyalar xodimlarini issiqdan himoya qilmasa, jarimaga tortiladi

    Dunyo | 2 iyun, 21:05

    “Barselona” ro‘yxatidan “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Bavariya” va “Arsenal” futbolchilari joy olgan

    Sport | 2 iyun, 21:01

    E’tiborli bo‘ling: ushbu tungi simptomlar yuqori qon bosimidan darak beradi

    Layfstayl | 2 iyun, 20:50

    O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 19:30

    Yer har 44 daqiqada kosmik obyektdan signallar qabul qilmoqda — tadqiqot

    Dunyo | 2 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.