• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Filmlardagi obrazlari ishonchli chiqishi uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    Hech kimga sir emas, ko‘plab iste’dodli ijodkorlar o‘z ishiga shunchalik fidoyi bo‘ladiki, tomoshabinlar ishonishi uchun o‘ta qaltis vaziyatlarda ham barchasiga tayyor. Lekin obrazga kirish istagi aktyorlarning sog‘lig‘i, asablari va ba’zan hayotdan ko‘z yumishga ham olib keladi. “Domashniy ochag” nashri suratga tushish jarayonida hayoti xavf ostida qolgan bir qancha Gollivud yulduzlarining hikoyalarini taqdim etdi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Jonni Depp — “Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Jonni Depp o‘z qahramoni — jurnalist Xanter S.Tompson bilan tanishish uchun uning uyiga ko‘chib o‘tgan va u yerda 4 oy davomida qahramonining giyohvandlik tajribalari haqidagi kundaliklarini o‘rgangan. Aktyor Tompsonning xulq-atvori va so‘zlarini o‘zlashtirib, shu qadar aniq qayta yaratdiki, suratga olish jarayoni tugaganidan keyin uning asl qiyofasiga qaytishi uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Film 1998-yilda chiqqanidan to 2005-yilda jurnalist o‘z joniga qasd qilguniga qadar Jonni Depp va Xanter S.Tompson juda yaxshi do‘st bo‘lishga ulgurdi.

    Sharlz Teron — “Monstr”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Faoliyatini aslida model sifatida boshlagan Teron ketma-ket qotil va fohisha Eylin Uornos roli uchun 15 kilogramm vazn orttirgan. Suratga tushish jarayonida u qoshlarini oldirgan va protez tishdan foydalangan. Ushbu sa’y-harakatlar natijasi “Oskar” bilan yakunlandi.

    Kristian Beyl — “Haydovchi”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    “Haydovchi” dramasi uchun Beyl 30 kilogramm vazn yo‘qotib, o‘zini toliqtirib qo‘ygan. Og‘irligi 55 kilogramm bo‘lgan aktyor suratga olish vaqtida kuniga bittadan olma va konservalangan baliq iste’mol qilgan. Kartina prodyuserlarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor bundan ham ko‘prog‘iga tayyor edi, biroq jamoa Beylning sog‘lig‘idan xavotirlanib, undan to‘xtashni so‘ragan.

    Shia Labef  — “G‘azab”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Haqli ravishda eng jiddiy va o‘ychan aktyorlardan biri sanalgan Labef 2014-yilda “G‘azab” harbiy dramasida suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotganda bu fazilatlarni to‘liq namoyon etgan. Shianing harbiy bazada bir oy vaqt o‘tkazgani hammasi emas. U tishini olib, yuzini pichoq bilan kesdi, yuvinishni to‘xtatdi va otlarning nobud bo‘lishini bir necha kunlab kuzatdi.

    Leonardo Di Kaprio — “Hayot-mamot”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Di Kaprio “Hayot-mamot” tarixiy dramasida suratga tushishga rozi bo‘lishi bu vaqt davomida jahannam azoblarini ko‘rish bilan barobar edi. Aktyor mash’um sahnada suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rish uchun otning jasadida uxlagan. Shuningdek, Di Kaprio sahnalardan birida bizonning xom go‘shtini iste’mol qilgan, bu aktyor uchun qiyin sinov bo‘lgan, chunki u vegetarian edi. Qahramonning go‘shtni iste’mol qilishi Leoning haqiqiy holatidir. Ma’lumki, Leoning barcha azoblari o‘z samarasini berdi: u bir nechta muvaffaqiyatsiz nominatsiyalardan so‘ng o‘z faoliyatidagi birinchi “Oskar”ni oldi.

    Keyt Uinslet — “O‘quvchi”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aktrisa tom ma’noda o‘zining savodsiz konslager qo‘riqchi obraziga tobe bo‘lib qolgan va suratga tushish jarayoni tugagandan keyin normal holatga qaytishi uchun unga bir necha oy kerak bo‘ldi. “O‘quvchi” filmidagi ishi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Keyt xarakterdan chiqib ketish rolga kirish uchun mashq qilishdek mashaqqatli ekanini aytib o‘tdi: “Men bu qahramonim bilan xayrlashish uchun ko‘p vaqt va kuch sarfladim”.

    Robert De Niro — “Taksi haydovchisi”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    1976-yilgi psixologik triller uchun yosh aktyor De Niro haqiqatan ham taksi haydovchilik guvohnomasini oldi va bir muddat shahar bo‘ylab yurdi, mijozlar bilan siyosat va bugungi jamiyatning yomonlashib borayotgan axloqi haqida suhbatlashdi. Shu bilan bir qatorda, aktyor o‘z qahramonining og‘riqli va asabiy holatini yetkazish uchun intensiv ravishda vazn yo‘qotdi.

    Jared Leto —“O‘z joniga qasd qiluvchilar”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aqldan ozgan Joker roliga o‘rganib qolgan Leto loyihadagi hamkasblariga g‘alati sovg‘alar yuborishni boshladi. Shunday qilib, Uill Smit bir paket o‘q oldi, Margo Robbi esa unchalik omadli emas edi — Jared unga tirik kalamush yubordi. Boshqa hamkorlar videomurojaat oldi, unda Leto Joker timsolida ularga o‘lik cho‘chqa fonida murojaat qildi. Bu bilan Leto o‘zining hamkasblarida unga nisbatan haqiqiy nafratni his qildi.

    Adrian Broudi — “Pianinochi”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aktyor tashlab ketilgan va och qolgan pianinochi roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun uzoq yo‘l bosib o‘tdi. Aktyor buning uchun mashinasini sotib, kvartirasini qoldirdi, telefonlarni o‘chirib qo‘ydi va bir nechta shaxsiy buyumlari bilan Yevropaga ketdi. Aktyor kuniga bir-ikki dona tuxum va sabzavotli tovuq iste’mol qildi, televizor ko‘rmadi va faqat mashq qildi.

    Xit Lejer — “Qora ritsar”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Marhum aktyor mukammal “xaos agenti”ni yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan va tayyorgarlik hamda suratga olish jarayonida ham xarakterdan chetga chiqmagan. Afsuski, aktyor hech qachon katta ekranda o‘z sa’y-harakatlari samarasini ko‘rmadi: Lejer og‘riq qoldiruvchi, uyqu tabletkalari va trankvilizatorlarning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etdi. Aktyorning ba’zi muxlislari Xitning haqiqat bilan aloqasini yo‘qotganiga va o‘zining hamda aqldan ozgan Jokerning qayerdaligini tushunmaganiga amin, bu esa dori vositalarini me’yordan ortiq iste’mol qilishga olib keldi.

    Mavzuga doir:

    • Kinodagi karyerasini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan rollardan voz kechgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • Mashhur film va seriallarning suratga olish maydonchasida nimalar yuz berishi aks etgan qiziqarli suratlar (foto)
    • O‘zini jahon yulduziga aylantirgan filmlarda ishtirok etishni istamagan aktyor va aktrisalar (foto)

    23.04.2022, 21:57   Izoh (0)   32367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tor: Sevgi va yashin” filmining birinchi tizeri namoyish etildi

    22.04.2022, 16:46

    “‘Charxpalak’da suratga tushishni istamaganman” — aktrisa Tamara Hazratqulova ukrain millatiga mansub onasi va rollari hayotiga ko‘chishidan qo‘rqishi haqida

    22.04.2022, 10:59

    Birinchi qismidanoq tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan turk seriallari (video)

    21.04.2022, 20:49

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham, sevimli filmlaringizdagi siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    21.04.2022, 13:57

    Bolalar uchun ishlangan mashhur multfilmlardagi faqat kattalar tushunadigan kadrlar (foto)

    20.04.2022, 15:56

    Olamshumul mashhurlik keltirishi mumkin bo‘lgan rollarni rad etgan aktyor va aktrisalar (foto)

    20.04.2022, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.