• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Olamshumul mashhurlik keltirishi mumkin bo‘lgan rollarni rad etgan aktyor va aktrisalar (foto)

    Kino sohasida ishlashning nozik jihatlaridan yiroq oddiy tomoshabinga har qanday aktyor ma’lum bir filmda rol o‘ynash uchun hamma narsani qurbon qilishga tayyordek tuyulishi mumkin. Biroq bu mutlaqo noto‘g‘ri. Ba’zida turli sabablarga ko‘ra, yulduzlar roldan qat’iyan voz kechadi, hatto taniqli rejissorlar filmda ishtirok etishini so‘rasa ham.

    Sem Uit roli — Bryus Uillis va Patrik Sueyzi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Filmdagi asosiy rolni taklif qilishganida Bryus Uillis Demi Murga uylangan edi. Ssenariy bilan tanishib chiqqach, u o‘ylanib qoladi: film ijodkorlari qanday qilib arvoh yigit ishtirokida o‘ta kuchli romantik sujetni yaratishadi? Aktyor film muvaffaqiyatiga ishonmadi va roldan osonlikcha voz kechdi.

    Patrik Sueyzi esa o‘z navbatida, rol bilan tanishib chiqishga shoshilmadi. Ayolining qistovi bilan ssenariyni qo‘lga olgan Sueyzi uni bir o‘tirishdayoq o‘qib chiqdi va ko‘ziga yosh oldi — u rolni ijro etishga tayyor edi.

    Deyzi Domerg roli — Jennifer Lourens va Jennifer Jeyson Li

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Jirkanch sakkizlik” filmidagi asosiy rollardan biri, ya’ni sudlangan Deyzi Domerg qahramoni dastlab Jennifer Lourensga taklif qilingan. Bu taklif shunchaki emas, balki shaxsan rejissor Kventin Torontino uning muxlisi bo‘lgani uchun bu rolni aynan u ijro etishini juda ham xohlagan. Biroq aktrisaning qat’iy ish jadvali bunga xalaqit berdi.

    Tarantino avvaliga Jennifer Jeyson Li ham taklifini rad etadi, uchrashuvga esa shunchaki odob yuzasidan kelgan deb o‘ylagan. Chunki aktrisa o‘sha paytda “Joy” filmida suratga tushayotgan edi.

    Jeyms Bond roli — Liam Nison va Pirs Brosnan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Liamning o‘zi tan olganidek, 90-yillardagi Bond rolini to‘g‘ridan to‘g‘ri matn bilan taklif qilish uchun vaqt yo‘q edi. Film prodyuseri bilan faqat bir nechta yuzaki suhbatlar bo‘lgan, xolos. Film ijodkorlari esa o‘sha paytda u bilan birga yana ko‘plab nomzodlarni ko‘rib chiqishdi.

    Shu bilan birga, Natasha Richardson ismli qiz ham Liam Nisonning rad javobi uchun hal qiluvchi sabab bo‘ldi, u ochiqchasiga: “Azizim, agar Jeyms Bond rolini taklif qilishsa-yu, bunga rozi bo‘lsang, hech qachon senga turmushga chiqmayman”, dedi. Oxir-oqibat ular turmush qurdi va uzoq vaqtgacha qachonki janjallashgudek bo‘lishsa, aktyor filmdagi musiqani baralla qo‘yib, ayoliga hazil qiladigan bo‘ldi.

    Gendalf roli — Shon Konneri va Ien Makkellen

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bugun “Uzuklar hukmdori” filmlar seriyasini dunyo xiti sifatida bilamiz. Ammo dastavval kinostudiya uni juda tavakkal loyiha hisoblagan: ulkan budjet, nisbatan taniqli bo‘lmagan rejissor, mashhur aktyorlarning yo‘qligi shubhalarni keltirib chiqardi.

    Oxir-oqibat eng kamida asosiy rollardan biri, masalan, kuchli sehrgar Gendalf roliga mashhur aktyor Shon Konnerini taklif qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Biroq u aqlbovar qilmaydigan darajadagi gonorar va bir dunyo va’dalarga qaramay, rolni rad etadi. Buni ssenariyni tushunmagani bilan izohlaydi.

    Maykl Korleone roli — Jek Nikolson va Al Pachino

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Umuman olganda, Nikolson bu rolni o‘ynashga qarshi emas edi, lekin uni rad etadi va bu loyihaning muvaffaqiyatiga shubhalangani uchun emasdi. Aksincha, aktyor rolning ahamiyatini to‘g‘ri baholadi va personajning italyan ildizlarini hisobga olgan holda uni italyan qoni bor aktyor o‘ynashi kerakligini aytdi. Jek Nikolsonning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab aktyorlar Maykl Korleoneni o‘ynashi mumkin edi, ammo aynan Al Pachino bu rol uchun tug‘ilgan.

    Vivian roli — Sara Jessika Parker va Juliya Roberts

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ma'lum bo‘lishicha, dastlab Julia Roberts rol uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lmagan: Disney studiyasi uni asosiy rolga olishni umuman xohlamaydi. Shu sababli Sandra Bullok, Vaynona Rayder, Dryu Berrimor, Sara Jessika Parker kabi o‘nlab boshqa aktrisalar ko‘rib chiqiladi.

    Lekin ularning barchasi oxir-oqibat turli sabablarga ko‘ra rad etadi. Natijada unchalik ham nom chiqarmagan Roberts haqiqiy yulduzga aylandi.

    Neo roli — Jonni Depp va Kianu Rivz

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jonni Depp va Kianu Rivzning ijod yo‘llari ko‘p marta kesishib o‘tgan va bunday voqealardan biri “Matritsa” bilan bog‘liq. Avvaliga Neo roli uchun tanlangan aktyor Depp edi. Hatto Warner Brothers kompaniyasi ham bunga rozi bo‘lmagan, rolni Bred Pitt o‘ynashini xohlagan. Lekin kompaniya oxir-oqibat rozi bo‘ladi va uni yollashga qaror qiladi.

    Ammo Depp rad javobini berib, Rivzga o‘zini isbotlash imkoniyatini berdi. Endi esa ning o‘rnida boshqa birovni tasavvur qilish qiyin.

    Rouz roli — Gvinet Peltrou va Keyt Uinslet

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Titanik”dagi Rouz haqida gapirganda hammaning ko‘z oldida Keyt Uinslet gavdalanadi. Gvinet Peltrou bu personajni gavdalantirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin.

    Nega rad javobini berganligi so‘ralganda aktrisa aniq javob bermay, har qanday aktyor ba’zan noto‘g‘ri rollarni qabul qilishini va muvaffaqiyatli loyihalarni rad etishi mumkinligini ta’kidlagan xolos.

    Maksimus roli — Mel Gibson va Rassell Krou

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Gibsonning “Telba Maks" va “Sheryurak” filmlaridagi rollari orqali erishgan jasur yigit ampulasi va u allaqachon erishgan mashhurligini hisobga olsak, u Maksimus roli dastlab unga taklif qilingani ajablanarli emas.

    Biroq aktyor ayrim sabablarga ko‘ra bu rolni rad etadi: u o‘zini juda ko‘p dinamik sahnalar uchun keksa deb bilishini tan oladi. Natijada Rassel Krou bosh rolga tayinlanadi va gladiator roli uni Gollivud yulduziga aylantiradi.

    Jeyk Salli roli — Jeyk Jillenxol va Sem Uortington

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Dastlab Mett Deymon va Jeyk Jillenxolga “Avatar” filmidagi bosh rol taklif qilingan. Biroq ularning rad etishi rejissor Jeyms Kemeronni xafa qilishdan ko‘ra mamnun qiladi.

    U avvaliga o‘sha paytda hali tanilmagan avstraliyalik aktyor Sem Uortingtonni rolga munosib ko‘rganini tan oladi, lekin Fox studiyasi rahbarlarini tinchlantirish uchun rolni birinchi navbatda yuqori toifadagi yulduzlarga taklif qilishga majbur bo‘ladi, bu orqali esa taniqli aktyorlar tufayli kassa tushumlari ko‘payishi va bunday qimmat loyihaning risklarini qoplash kutilgan edi. Yuqoridagi aktyorlar rad etishganda esa rol tabiiy ravishda Semga qoldi, muvaffaqiyatli loyiha tufayli yana bir yulduz paydo bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Surdo tarjimoni, plastik jarroh va nonvoy. San’atga qarama-qarshi sohalarda ham muvaffaqiyat qozonayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
    • “Tutash taqdirlar”, “Zebuzar” va raqqosalar bosh rollarni ijro etgan boshqa mashhur film va seriallar (video)
    • Kinodagi karyerasini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan rollardan voz kechgan aktyor va aktrisalar (foto)

    20.04.2022, 10:59   Izoh (0)   22270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik yigit yangi “O‘rgimchak odam” filmini 292 marta ko‘rib, jahon rekordini o‘rnatdi

    19.04.2022, 21:41

    “Pushtun”, “Arslon” va Bollivud qiroli Shohrux Xon suratga tushayotgan boshqa yangi filmlar

    19.04.2022, 16:59

    Mashhurligi va kassabopligi bo‘yicha originalini ham ortda qoldirgan davomli filmlar

    18.04.2022, 19:48

    Amerika bo‘ylab kinosayohat: AQSH shaharlari haqida keng tarqalgan steriotiplar

    16.04.2022, 20:57

    Ajabtovur tryuklar hamda samimiy yumor ishqibozlariga: Jeki Chan ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    15.04.2022, 19:43

    Nafaqat ajoyib sujeti, balki bejirim liboslari uchun ham “Oskar” berish zarur bo‘lgan filmlar (foto)

    15.04.2022, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15

    Kelgusi hafta avvalida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.