• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “‘Charxpalak’da suratga tushishni istamaganman” — aktrisa Tamara Hazratqulova ukrain millatiga mansub onasi va rollari hayotiga ko‘chishidan qo‘rqishi haqida

    Tamara Hazratqulova “Charxpalak” serialidagi Shahnoza obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aktrisa teatr va kino sohasida faoliyat yuritsa-da, negadir omma e’tiborida bo‘lishni, ba’zi ijodkorlarga o‘xshab intervyu berishni xohlamaydi. Ammo muxlislar uchun Tamara Hazratqulovaning ijodi va shaxsiy hayoti hamisha qiziq. “Daryo” muxbiri Tamara Hazratqulova bilan suhbatlashib, ko‘plab tomoshabinlarni qiziqtirgan savollarga javob oldi.

    “Dadam onamni Ukrainadan olib kelgan”

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    — Dadam o‘zbek, onam esa ukrainka bo‘lgan. Dadam o‘qish uchun xorijga borganida onam bilan tanishib qolgan va muhabbat sabab onam O‘zbekistonga kelishga qaror qilgan. “O‘zbekcha raqs” spektaklidagi jarayon onamning ham boshlaridan o‘tgan. Onamning ismlari Irina bo‘lsa-da, o‘zbeklashib ketgan ayol. Non yopib, qo‘y boqish, ko‘rpa qavish, xullas, hammasi onamning qo‘lidan keladi.Dadam bilan onam Ukrainada tanishishgan. Albatta, ularning oila qurishi osonlikcha bo‘lmagan. Qarshiliklar bo‘lgani aniq. Bobom rahmatli onamni ilk ko‘rgandayoq “Kalimayi shahodat”ni o‘rgatgan ekan. Onamning kelinlik davrlari bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p. Til bilmasligi, urf-odatlarni tushunmagani va ro‘zg‘or ishlariga qiynalgani haqida kulib gapirib beradi.

    Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashaganmiz. Qishloq odamlarining qiziqishlari qanday bo‘lishini yaxshi bilasiz. Bolaligimdan mehnat bilan ulg‘aygan insonman. Uyimizda 10-15 bosh qo‘yimiz bo‘lardi. Tong saharda belimga bodring, pomidor va bitta nonni bog‘lab chorvalarni dalaga olib chiqib ketardim. Bundan tashqari, ekin-tekin ekishda ham o‘g‘il bolalardan qolishmasdim.

    “TOSHMIga kirolmagach, san’at institutiga hujjat topshirdim”

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    — Oilada besh farzandmiz. Men va ukam san’at sohasini tanladik. Qolgan farzandlar otamning izidan borib, o‘qituvchi bo‘lishdi. Oilamizda san’atkorlar bo‘lmagan bo‘lsa-da, dadam Muzrabotning eng obro‘li insonlaridan biri edi. To‘ylarda davraboshilik qilardi. Bolaligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilgandim. Afsuski, institutga kirolmaganman. Shunda onam sobiq Glinka ko‘chasidagi san’at institutining manzilini topib, “Shu institutga hujjat topshir, mahorating bor”, degandi. Ammam bilan institutga kelib, hujjat topshirganmiz. Ustozimiz Ulug‘bek Zufarov “Seni ilk ko‘rganimdayoq spektaklda qanday rol ijro etishingni xayolimdan o‘tkazgandim”, degandi. Nasibam qo‘shilgan ekan, aktrisa bo‘lish baxti nasib etdi.

    “Bahodir akani ko‘rishga ko‘zim bo‘lmagan”

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    — Bahodir aka bilan 1994-yil ammam bilan institutga hujjat topshirgani kelganimda tanishganman. Ammo u insonni ko‘rishga ko‘zim bo‘lmagan. Negadir fe’l-atvori va toshkentcha shevasi yoqmagan. O‘qish boshlanganida u inson bilan kursdosh ekanligimni bilganman. Xullas, boshida hech fe’limiz bir-biriga to‘g‘ri kelmagan. Hatto bir kuni Bahodir aka “Yaxshiyamki qiz bolasiz, bo‘lmasa, rosa urib, xumordan chiqqan bo‘lardim”, degan. Taqdir ekan, birdan munosabatlarimiz iliqlashdi. Oila qurdik va fe’l-atvorimiz ham bir-biriga moslashdi. Bahodir aka yaxshi inson va mahoratli ijodkor.

    “ ‘Charxpalak’ serialida suratga tushishni istamagandim” 

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    —  “Charxpalak” seriali suratga olinayotganida talaba edim. Bir kuni dugonalarimdan biri qiz roliga yosh aktrisa izlashayotganini aytdi. “Sen ham kastingda ishtirok etgin”, deganida o‘ylab ham o‘tirmay rad etgandim. Shunda ustozim “Sen qaysi soha bo‘yicha o‘qiyotganingni bilasanmi?”deb koyib bergandi. Kastingda ishtirok etdim. Ammo badiiy kengashdagilar “Ko‘rinishi juda kiborli, bizda qaynotasidan zulm ko‘rgan, oila qiyinchiliklari sabab qaddi bukilib qolgan obraz bo‘lishi kerak”, deb meni rad etishmoqchi bo‘lishgan. Ammo serial rejissori rahmatli Shavkat Junaydullayev “Kelin roliga Tamaradan boshqasini olmayman”, degan ekan. Shu insonlar sabab ilk muvaffaqiyatli rolimni ijro etdim. Oradan 20 yildan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, odamlar haligacha filmdagi rolimni eslashadi.

    “Kino — bu omad, teatr esa doimiy ish”

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    Foto: Tamara Hazratqulova arxividan

    — Teatrda 2000-yil ish boshlaganman. Rus yosh tomoshabinlar teatrida va “O‘zbekfilm”da ishlardim. Bir kuni ko‘chada rejissor Abror Yo‘ldoshev bilan uchrashib qolganman. U Abror Hidoyatov teatrida yangi spektakl qo‘yilayotgani va rollardan birida meni tasavvur qilayotganini aytdi. Xullas, mana shu uchrashuv sabab bo‘lib, hozirgi O‘zbek davlat drama teatriga kelganman. Ish grafigim juda qiyin edi. Bir kunning o‘zida uchta ishga borishimga to‘g‘ri kelardi. Buni ko‘rgan Bahodir Yo‘ldoshev “Behalovat bo‘lib yuraverasanmi, shu yerda ishlay qol”, degan. Kino — bu omad, teatr esa doimiy ish. Syomkalar har doim ham bo‘lmaydi. Shu bois hech qachon syomkani teatrning ishidan ustun ko‘rmayman. Bo‘sh kunlardagi syomkalarga boraman va ikki ijod bir-biriga xalal bermasligiga harakat qilaman. Shu bois menda bu borada ziddiyatli vaziyatlar bo‘lmagan.

    “Rollarim hayotimga ko‘chib qolishidan qo‘rqaman”

    — “Aktrisa har qanday rolni ijro etishi kerak”, deyishadi. Ammo men buni istamayman. Rollarim hayotimga ko‘chib qolishidan qo‘rqaman. Shu uchun ham rollar uchun talashib-tortishmayman. Masalan. Rejissor Sayfiddin Meliyev “Medeya” spektaklini sahnalashtirgan. Bu rolni haqiqatan ham aktrisalar kutib yashaydi. Jahon klassikasi bo‘lgan asarda Medeya eridan qasd olish uchun ikki farzandini o‘ldiradi. Sayfiddin spektaklga tayyorgarlik boshlanganida “Medeyani siz o‘ynaysiz”, dedi. Boshidan bu rolni o‘ynashga qarshi bo‘ldim. Ammo teatrda rolni ochiqchasiga rad etish qiyin. Ammo ancha tayyorgarliklardan keyin bo‘lsa ham, rolni rad etdim. Chunki rolimdagi holatlar hayotimda ham takrorlangan vaqtlar bo‘lgan. Qaysidir filmda firibgar yigit meni pulga aldagan. Bir oylardan keyin hayotimda ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan. Shu bois hayotida og‘ir judolikka uchragan, qiyin vaziyatga tushgan rollarga taklif etishsa, rad javobini beraman. Menga oddiy rollar ham bo‘laveradi, deb kulaman.

    Qozog‘iston buyurtmasiga binoan olingan “Oyijon” serialidagi rolim o‘zimga yoqdi. Komik rol ijro etganim yo‘q, shunchaki qahramonning xarakterini ochib berdim, xolos. Ammo tomoshabinlarga manzur bo‘lyapti.

    Uch farzandning onasiman. Katta o‘g‘lim 17 yoshni qarshiladi. Negadir o‘g‘illarim bolaligidan teatrga borishni ham xushlashmagan. Ikki o‘g‘lim san’atkor bo‘lishni istamadi. Ammo qizimda qiziqish bor. Lekin uning san’at yo‘lidan borishini unchalik istamayman. Menga-ku, bu sohani tushunadigan turmush o‘rtoq uchradi. Ammo hammaga ham bunday baxt nasib etmaydi-da. San’atning nonini yeyish uchun temirdan tish bo‘lishi kerak, degan gaplar haqiqat.

    Mavzuga doir:

    • Lo‘li Maryam obrazini tortib olishganida kasal bo‘lib qolgani, tirikchilik uchun saviyasiz seriallarda o‘ynayotgani, rejissorlar bilan ko‘p urishishi haqida Elmira Rahimjonova bilan intervyu (video)
    • “Hech qachon ongli ravishda aktyor bo‘lishni maqsad qilmaganman”: Bollivud aktyori, Kajolning turmush o‘rtog‘i Ajay Devgan 53 yoshda (foto)

    22.04.2022, 10:59   Izoh (0)   83908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Birinchi qismidanoq tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan turk seriallari (video)

    21.04.2022, 20:49

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham, sevimli filmlaringizdagi siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    21.04.2022, 13:57

    Bolalar uchun ishlangan mashhur multfilmlardagi faqat kattalar tushunadigan kadrlar (foto)

    20.04.2022, 15:56

    Olamshumul mashhurlik keltirishi mumkin bo‘lgan rollarni rad etgan aktyor va aktrisalar (foto)

    20.04.2022, 10:59

    Amerikalik yigit yangi “O‘rgimchak odam” filmini 292 marta ko‘rib, jahon rekordini o‘rnatdi

    19.04.2022, 21:41

    “Pushtun”, “Arslon” va Bollivud qiroli Shohrux Xon suratga tushayotgan boshqa yangi filmlar

    19.04.2022, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.