Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fransiya chempionatining 33-tur “Anjer”ga qarshi bahsda (3:0) “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

23 yoshli Kilian Parij klubi safida Liga 1 dagi gollari sonini 113 taga yetkazdi va bu borada jamoaning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan

🐐 - Most 🇫🇷Ligue 1 goals for @PSG_inside

138 - 🇺🇾Edinson Cavani
113 - 🇫🇷KYLIAN MBAPPÉ (+1)
113 - 🇸🇪Zlatan Ibrahimovic@KMbappe (137) needed 15 more games than Zlatan (122) to reach this tally. #SCOPSG #Ligue1

— Gracenote Live (@GracenoteLive) April 20, 2022

Mbappega ushbu natijaga erishish uchun 137 ta o‘yin kerak bo‘lgan bo‘lsa, shved 122 ta o‘yinda 113 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

“PSJ”ning Liga 1 dagi eng yaxshi to‘purari Edinson Kavani hisoblanadi. Urugvaylik hujumchi Fransiya chempionatida 138 ta gol urgan.

Kilian Mbappe ketma-ket 5 o‘yindan buyon gol urib kelmoqda. Hujumchi klub va terma jamoa safida so‘nggi 5 o‘yinda 9 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda 1 yil oldin o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan “zamdirektor” bo‘yicha ma’lumot berildi
Madaniyat
Siz yolg‘iz emassiz: ezgu amallar haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi filmlar (foto)
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi