Osiyo Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi tuzildi.
G‘arbiy mintaqa 4-turining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoadan o‘zbekistonlik Azizjon G‘aniyev ham o‘rin oldi. “Shabob al-Ahli” sharafini himoya qilayotgan Azizjon “Al-G‘arafa”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Hafta ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Saloh Zakariya (“Ad-Duhayl”);
Himoyachilar: Yosir ash-Shahroni (“Al-Hilol”), Muhammad ad-Dameri (“Al-Vihdat”), Ali al-Bulayhi (“Al-Hilol”), Muhammad al-Burayk (“Al-Hilol”);
Yarim himoyachilar: Salim ad-Dovsari (“Al-Hilol”), Salmon al-Faraj (“Al-Hilol”), Azizjon G‘aniyev (“Shabob al-Ahli”), Fede Kartabia (“Shabob al-Ahli”);
Hujumchilar: Odion Igalo (“Al-Hilol”), Tomas Olsen (“Shabob al-Ahli”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)