• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Tafakkuridagi koinotga mo‘yqalam bilan rang bergan daho — zamonasidan ilgarilab ketgan Leonardo da Vinchining hayotiy xulosalari

    Leonardo da Vinchi nafaqat buyuk musavvir, balki turli sohalardagi muhim kashfiyotlarga sababchi bo‘lgan matematik, mexanik va muhandis, me’mor, haykaltarosh hamdir. “Daryo” dunyoga kelishi ilm-fan va san’at olami uchun ulkan in’om, hayotdan ko‘z yumishi esa katta yo‘qotish bo‘lgan polimat (universal inson), uyg‘onish davri namoyandasining hayot va ijodiga to‘xtalib o‘tadi.

    Dahoning tug‘ilishi

    Foto: The Economic Times

    Da Vinchi aslida Leonardoning familiyasi emas, bu “vinchilik, Vinchi shahridan” degan ma’noni bildiradi. Uning to‘liq ismi Leonardo di ser Piyero da Vinci, ya’ni “Janob Piyeroning o‘g‘li vinchilik Leonardo”dir.

    Leonardo di ser Piyero da Vinchi 1452-yil 15-aprelda dunyoga keladi. Mansabdor oiladan bo‘lgan otasi Piyero da Vinchi bu vaqtda 25, o‘sha zamon ta’rifi bilan aytganda “past tabaqadan chiqqan” onasi Katerina esa 15 yoshda edi. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarga binoan “tagi past” va aslzoda oila farzandlari ming bir-biriga ko‘ngil qo‘ymasin, ularning oila qurishi haqida gap bo‘lishi mumkinmasdi.

    Renessans davrida italyan oilalarida qonuniy farzandlar qatorida nikohsiz tug‘ilgan bolalar ham tarbiyalanishi oddiy hol hisoblangan. Leonardoni ham zamondoshlarining aksariga begona bo‘lmagan shunday qismat kutayotgandi.

    Yosh, go‘zal, ammo g‘o‘r onasi Katerinaning yo‘llari Leonardoni dunyoga keltirgach, Piyero da Vinchi bilan ayro ketadi. U o‘ziga munosib ko‘rilgan kulolga uzatiladi. Piyero bo‘lsa badavlat oilaga kuyov bo‘ladi. Katerina turmushi davomida Leonardodan tashqari yana 4 nafar qiz va o‘g‘ilni dunyoga keltiradi. Piyero davlatiga uchib uylangan oqsuyak xonim esa u orzu qilgan merosxo‘rni tug‘ib berolmaydi. Shundan keyin 3 yoshga to‘lgunicha onasi bilan yashagan bo‘lajak rassomni otasi tarbiyasiga olib, o‘zi katta qilishga qaror qiladi.

    Oradan 10 yil o‘tib bolakayning o‘gay onasi hayotdan ko‘z yumadi, otasi qayta uylanadi. Bir vaqtlar yosh Katerinaning ko‘zyoshlari uvoliga qolgan Piyero esa ikkinchi rafiqasidan ham tez orada ayriladi. U umumiy hisobda to‘rt marta oila quradi. Leonardo esa ota tomondan 12 nafar o‘gay singil va ukasi bor akaga aylanadi.

    Iqtidori bilan ustozini mot qilgan musavvir

    Foto: The Economic Times

    Otasi Leonardoni oilaviy kasbni davom ettirishi, uni ham o‘zidek huquqshunos bo‘lishini istaydi. Ammo o‘g‘il buyuklar tarjimayi holida uchraganidek, tanlagan yo‘lidan ketishni ma’qul topadi. Bolaligidan atrof-olamni sinchkovlik bilan kuzatar, jonli va jonsiz hamma narsani chizib, qayd qilib borar, bu esa kelajakdagi asarlarining mukammal chiqishi uchun qo‘yilayotgan ilk tamal toshi bo‘ladi. Unga doimiy hamroh bo‘lgan xotira daftarchasidagi 7000 sahifa bugungacha saqlangan bo‘lib, turli kolleksiyalardan o‘rin olgan.

    O‘z bilganidan qolmasligi, qolaversa, qiziqishini payqab Piyero o‘g‘lini Andrea Verokkoga shogirdlikka beradi. Verokkoning ustaxonasi Italiyaning o‘sha vaqtlardagi ilm o‘chog‘i sanalmish Florensiyada joylashgan edi. Bu Leonardoga gumanitar fanlar bilan birga ayrim texnik ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirish imkonini beradi, chizmachilik, kimyo, metallurgiya bilan birga charm va gips bilan ishlashni ham o‘rganadi.

    Ustozidan Leonardo nafaqat tasviriy san’at, balki haykaltaroshlik sirlarini ham bilib oladi. O‘sha vaqtlardayoq fan va san’atni ayri tasavvur qila olamasligini tushunib yetadi. Musavvirlikni esa astronomiyadan tortib botanikagacha bo‘lgan hamma fanlardan ustun qo‘yadi.

    Shahrining kazo-kazo kishilari bilan bir davrada bo‘lish Leonardoning taqdiri, kasbdagi o‘sishiga bevosita ta’sir qiladi. Ustaxonada undan tashqari Perujino, Lorenso di Kredi, Anolo di Pololar ta’lim oladi, rangtasvir ustasi sifatida hozirgacha e’tirof etiladigan Bottichelli faoliyat yuritar, Girlandayo (rassom) va boshqa o‘z davrining oldi kishilari tez-tez tashrif buyurib turardi.

    Yosh musavvir ustoziga uning asarlaridagi manzarali peyzaj va ikkinchi darajali qahramonlar liboslarini chizishga ko‘maklashadi. O‘sha vaqtlardayoq unda insonlarning imo-ishoralari va holatini xuddi o‘zidagidek qilib mohirona tasvirlash iqtidori rivojlanadi.

    XV asrda antik ideallarni tiklash g‘oyasi avj olgan, Florensiya akademiyasida esa Italiyaning eng zakiy kishilari yangi san’at nazariyasiga asos solgandi. Ijodkor yoshlar jo‘shqin bahs va muzokaralar bilan vaqt o‘tkazardi. Leonardo bo‘lsa nazariy bahslarda ishtirok etishdan ham ko‘ra o‘z ishini mukammal qilib bajarishni afzal bilardi.

    Kunlardan bir kuni “Isoning cho‘qintirilishi” kartinasiga buyurtma olgan Verokko Leonardoga ikki farishtadan birini chizish vazifasini topshiradi. Shogirdlarning ustozlariga kartina yaratilishida yordam berishi o‘sha vaqt rassomlariga xos oddiy amaliyot edi. Iste’dodi va tirishqoqligi bilan ajralib turgan shogirdga to‘liq fragmentni tasvirlash nasib qilardi. Leonardo va Verokko tomonidan chizilgan ikki farishta shogirdning mahorat borasida ustozidan ham o‘zib ketganiga isbot edi go‘yo.

    Uning ijodiy biografiyasini qog‘ozga muhrlagan zamondoshi Jorjio Vazari tomonidan yozilgan “Leonardoning hayoti” nomli kitobida bundan larzaga kelgan Verrokko shundan keyin qo‘liga mo‘yqalam olmay qo‘ygani haqidagi jumlalarni uchratish mumkin.

    1473-yil, ya’ni 20 yoshida hunarmandlar birlashmasidan malakasini tasdiqlaydigan hujjatni qo‘lga kiritgan Leonardo 1474-yilga kelib o‘z ustaxonasini ochadi.

    Yangi shahar — yangi sahifa

    Astronom Paolo Toskanelli bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatganidan keyin esa unda fan va texnikaga bo‘lgan qiziqish kurtak ota boshlaydi. 1482-yilda san’at akademiyasiga asos solishi uchun Milanga taklif qilinadi. Uning “Rangtasvir haqida traktat”i akademiyadagilar uchun haqiqiy o‘quv qo‘llanmasiga aylanadi.

    Milanda u o‘zining muhandislik “ijodi”ni boshlab yuboradi. Harbiy muhandis, me’mor va gidrotexnik sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘plab mexanik chizmalar va muhandislik loyihalari hayotining aynan ushbu davriga oiddir. Daholigi ilm-fanning barcha jabhalarini qamrab oladi. Akademiyadagi faoliyati va ijodi uning yorqin rassom sifatida tanilishiga imkon beradi.

    Iste’dodli va ziyrakligidan loyiha va ixtirolarini o‘sha vaqtning o‘zidayoq hayotga ko‘chirishning iloji bo‘lmaydi. Vaqtdan ilgarilab ketgan da Vinchi suvosti kemasi, parashut, uchish apparati singari o‘sha vaqtda faqat tasavvurga sig‘adigan aqlbovar qilmas konstruksiyalar chizmalarini qoralaydi. 1500-yili Milanni tark etgan Leonardo hayotining qolgan qismini safarlarda o‘tkazadi.

    Umrining atigi 4 yilini o‘tkazganiga qaramay, aynan Rimda unga atab muzey qurilgan. Undagi uchta zalda Leonardo chizmalari asosida barpo etilgan apparatlar, suratlarining nusxasi, kundalik va qo‘lyozmalarining fotolarini ko‘rish mumkin. 2009-yili Discovery telekanalida “Da Vinchining apparatlari” nomli filmlar majmui taqdim qilingan. Hujjatli filmning har 9 qismi qurilish va Leonardoning asl chizmalari asosida mexanizmlarni sinab ko‘rishga bag‘ishlangan.

    Shaxsiy hayoti asarlaridek sirli, serjumboq

    Leonardoning shaxsiy hayotini uning asarlariga o‘xshatish mumkin. Bir qarashda hamma narsa ravshandek, ammo yetarlicha maxfiy va sir-sanoatga boy. Uni har kim o‘zicha tushunishi, biroq bularning bari qanchalik rost yoki yolg‘on ekanini Yaratgandan boshqa hech kim bilmasligi mumkin.

    Musavvir kundaligiga maxsus shifrdan foydalangan holda qaydlar qilib borgan. Shifrlar ochiqlansa-da, tadqiqotchilar uning hayoti bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmagan. O‘z ishining ustasi ekaniga hech qanday isbotning keragi bo‘lmagan Da Vinchining shogird va do‘st-u birodarlari ko‘p bo‘lgan, ammo uning qalbini zabt etgan ayol bo‘lganmi, shunday bo‘lsa u kim edi — bunisi mavhum.

    Buning boisi uch taxmin bilan bog‘lanadi. Birinchisi, uning o‘zi shaxsiy hayotini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishni istamagan. Ikkinchisi, shunchalik mashg‘ulligidan munosabatlarga vaqti bo‘lmagan. Uchinchisi esa bu dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Oqsuvsar bilan xonim” asari

    “Oqsuvsar bilan xonim” asari
    Foto: Getty Images
    Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra Leonardo “Oqsuvsar bilan xonim” kartinasiga prototip bo‘lgan xonim — gersog Lyudovik Moroning ma’shuqasi Chechilla Galleraniga ko‘ngil qo‘ygani aytiladi. Davrining eng latofatli xonimlaridan bo‘lgan ayol mehribonligi va o‘ta soddaligi bilan boshqalardan ajralib turgan. Gersog bilan munosabatlari esa akasini qamoq jazosidan asrab qolish uchun tovon bo‘lgan. Rassomning Galleraniga yozgan maktublaridan birida: “Mahbubam, mening ma’budam” jumlalari ishlatilgani sabab ham ko‘pchilik ularning bir-biriga befarq bo‘lmagan degan taxminlarni bildiradi.

    Sinoatga boy asarlar

    “Sehrgarlarga sig‘inish” kartinasi

    “Sehrgarlarga sig‘inish” kartinasi
    Foto: Getty Images

    Bungacha ancha-muncha surat chizib qo‘ygan bo‘lsa-da, ilk yirik asari San Donata monastiri buyurtma bergan “Sehrgarlarga sig‘inish” kartinasi hisoblanadi. “Xabarnoma”sini taxminan 1472-yili, “Madonna Benua”sini 1478-yilda chizib bitirgan bo‘lsa, Arno vodiysi qalam bilan tasvirlangan peyzaji 1475-yilda yaratilgan. “Angyari jangi”, “Qoyadagi madonna”, “Maxfiy kechalar” devoriy rasmi, “Ioann Krestitel”, “Toshqin” nomli asarlari avlodlarga qadar yetib kelgan.

    Qalam bilan tasvirlangan Arno vodiysi

    Qalam bilan tasvirlangan Arno vodiysi
    Foto: Getty Images

    Asarlaridagi qahramonlarning yuz ifodasi nozik mahorat bilan tasvirlagani bois ularning ichki dunyosi ham ochib berilgandek taassurot qoldiradi. Hozirgi kunda Parijdagi Luvr muzeyining eng qimmatbaho eksponatlaridan hisoblangan, dunyoga mashhur “Mona Liza” asari bunga yaqqol misol. Xiyol tabassum qilgan, ammo shu bilan birga g‘amgin tasvirlangan ayol necha asrdirki, tadqiqot va izlanishlarga, badiiy asar-u filmlarga mavzu bo‘lib kelmoqda. 15 yil ishlangan, polotno usulida chizilgan suratdagi ayolning kimligi haqida turli taxminlar bor. “Mona” – “Madonna” so‘zining qisqartmasidan olinib, Liza xonim degan ma’noni anglatadi. Boshqa bir nomi Jakonda bo‘lgan xonim, florensiyalik savdogar Franchesko del Jokondoning rafiqasiligidan tortib, bu da Vinchining o‘zi, yana ayol libosidagi shogirdi Salai bo‘lishi mumkinligi haqida ham turli taxminlar mavjud.

    “Mona Liza” kartinasi

    “Mona Liza” kartinasi
    Foto: Wikipedia

    Bularning qay biri haqiqat ekani esa suratdagi ayolning yuz ifodasi singari sirli. Da Vinchining ushbu ijod namunasini o‘rgangan olim va tadqiqotchilar Mona Liza bo‘yoqlarining ostida bir nechta tasvir yashiringani, bular hali fanga ma’lum bo‘lmagan belgilar ekani, matematikaning oshuftasi bo‘lgan da Vinchi bu bilan hech kim xayoliga ham keltirmagan narsaga ishora qilgani aytiladi.

    Den Braunning “Da Vinchi siri” asarida rassomning suratlari sinoatlarga boyligi o‘z aksini topadi. Bestseller bo‘lgan roman asosida 2006-yilda xuddi shu nomli film suratga olinadi. Kinolenta din mutasaddilari tomonidan ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lganiga qaramay, bir oyning o‘zida eng kassabop filmga aylangan.

    Den Braunning asari asosida suratga olingan “Da Vinchi siri” filmidan lavha

    Den Braunning asari asosida suratga olingan “Da Vinchi siri” filmidan lavha
    Foto: Getty Images

    10 yil farq bilan chizilgan “Madonna Benua” va “Madonna Litta” kartinalari ayni vaqtda Rossiyadagi Davlat Ermitaj muzeyida, ideal proporsiyalarni o‘zida mujassam qilgan “Vitsuvian odam” esa Venetsiyadagi Akademiya gallereyasida saqlanadi.

    Vazarining yozishicha, musavvir qirol Fransis I qo‘lidan jon bergan. O‘limidan ikki yil avval o‘ng qo‘li falaj bo‘lib qolgan musavvir atrofdagilarning yordamisiz qiyinchilik bilan harakatlangan. Kelajak avlodga san’at va ilm-fan borasida mislsiz meros qoldirgan da Vinchi 67 yoshida Fransiyada hayotdan ko‘z yumib, Ambuaz qasriga dafn etilgan. Zamonaviy tadqiqotlar uning o‘limiga insult sabab bo‘lgan degan qarorga kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir: Luvr muzeyida o‘z xonasi va pochta qutisi bor san’at asari. 3-noyabr – “Mona Liza” afsonasining boshlanishi

    15.04.2022, 23:33   Izoh (0)   36209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.