Kreyser qator qurolli mojarolarda, jumladan Suriya urushida ishtirok etgan. Shundan keyin kemani bir necha yil mobaynida ta’mirlashgan. Kema ekipaji 510 kishini, uzunligi 190 metrni tashkil etardi. U qanotli raketalar majmuasi, bir necha zenit-raketalar majmualari, artilleriya va kemaga qarshi qurollar bilan jihozlangandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marta xorijlik yetakchilar bilan kema bortida bo‘lgan.