Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina hukumati harbiylar Rossiyaning Qora dengiz floti flagmani bo‘lgan “Moskva” raketa kreyseriga hujum uyushtirganini da’vo qilmoqda. Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Maksim Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, kreyser Ukrainada ishlab chiqarilgan “Neptun” kemaga qarshi qanotli raketalar hujumiga uchragan va “jiddiy zarar ko‘rgan”.

“Moskva” kreyseri

“Moskva” kreyseri
Foto: Good fon

Rossiya Mudofaa vazirligi kreyserda yong‘in chiqqani va oqibatda o‘q-dorilar portlab ketganini tasdiqladi. Vazirlik kema jiddiy shikastlangani, ammo ekipaj to‘liq evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi.

Ukraina prezident devoni rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich kemada yong‘in chiqishiga sarkazm bilan shunday munosabat bildirdi: “Bortda 510 kishi bo‘lgan. Biz nima bo‘lganini tushunolmayapmiz. Ikki matros noto‘g‘ri joyda chekib qo‘ygan. Yoki ba’zi xavfsizlik choralarini yana bir bor buzgan. Belgoroddagi singari “Moskva”da ham omad kelmagan”.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprel kuni ertalab Rossiyaning Belgorod viloyatidagi neft bazasi yonib ketgandi. O‘shanda Rossiya tomoni bazaga Ukraina harbiylari tomonidan aviazarba berilganini da’vo qilgan. Ukraina bu da’volarni tasdiqlamagan.

Arestovich va Marchenkoning ta’kidlashicha, “Moskva” kreyseri Odessa viloyatidagi Zmyeniy oroli yaqinidagi operatsiyada ishtirok etgan. Rossiya harbiy kemasiga nisbatan so‘kinish bilan aytilgan ibora aynan u bilan bog‘liq.

“Moskva” kreyseri — sovetlar davrida, Ukrainadagi Nikolayev kemasozlik zavodida qurilgan, 1982-yilda suvga tushirilgan va ilk nomi “Slava” bo‘lgan. 2000-yilda, “Moskva” nomi bilan Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Qora dengiz floti flagmaniga aylangan.

Kreyser qator qurolli mojarolarda, jumladan Suriya urushida ishtirok etgan. Shundan keyin kemani bir necha yil mobaynida ta’mirlashgan. Kema ekipaji 510 kishini, uzunligi 190 metrni tashkil etadi. U qanotli raketalar majmuasi, bir necha zenit-raketalar majmualari, artilleriya va kemaga qarshi qurollar bilan jihozlangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marta xorijlik yetakchilar bilan kema bortida bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi