“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti rahbarligida 2022-yil 11-mart kuni o‘tkazilgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining 23-son bayonida Innovatsion rivojlanish vazirligini bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazish nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi apparatining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatiga IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentidan Innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis shtat birligi o‘tkazilgan.
Shuningdek, qarorda bosh vazir o‘rinbosarlari va bosh vazirning maslahatchilari Vazirlar Mhakamasi apparatining boshqaruvchi bilan birgalikda bir oy muddatdagi quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlash belgilangan.
- Bosh vazir o‘rinbosari — Olia va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
- Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan va qayta nomlangan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birliklari o‘zgargan tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Izoh (0)