• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “Biznesda odamlarga emas, dasturlarga ishongan ma’qul” — O‘zbekistonda onlayn va oflayn tadbirkorlik haqida

    Bundan bir muddat avval biror texnika, kiyim-kechak, umuman, istalgan tovarni sotib olishga ehtiyoj paydo bo‘lsa, alohida bir kun belgilanar, erta tongdan yoki kunning qulayroq vaqtida bozor tomon yo‘l olinardi.

    Xarajat bilan yetib boriladi-yu, tiqilinch va doim ham tartibli bo‘lmagan bozor rastalarini aylanishga, kerakli buyumlarni topishga, tanlash va savdolashishga ancha-muncha vaqt ketardi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Albatta, hozir ham an’anaviy bozordan voz kechilmagan. Faqat iste’molchi vaqtning qadrini anglagani sari uning foydali sarflanishiga, vazifalarni imkon qadar qisqa muddatda oson hal etishga urinmoqda.

    Va bu urinishlar talabi ortidan onlayn savdo O‘zbekistonga ham kirib keldi. Uning tez sur’atlarda rivojlanib borayotgani esa qulayligi hamda zamon talabiga mosligidan dalolat beradi.

    Foto: “Kapital.kz”

    Foto: “Kapital.kz”

    Amaliy tajriba

    O‘zbek segmentida birinchilardan bo‘lib internet-savdoni yo‘lga qo‘ygan Asaxiy loyihasi muallifi Firuz Allayev ushbu faoliyat haqida muhim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

    O‘zbekiston — 35 million aholiga ega davlat. Internet ham asta-sekinlik bilan deyarli barcha hududlarga kirib bordi. Bu, albatta, onlayn savdoni rivojlantirishga juda katta imkon berdi. Onlayn savdo bozorida katta o‘rin bor. Demak, bozorni bemalol kimlardir egallashi, kompaniyalar o‘zaro raqobatga kirishib, faoliyatini olib borish imkoni bor, — deya suhbatni boshladi mutaxassis.

    Biri ma’lum manzildan joy olib, mahsulotlarni qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkonini beruvchi do‘kon. Boshqasi ham xuddi shu mahsulotlarni sotuvi bilan shug‘ullanadi, ammo, uning xaridori buyumlarni o‘zi xohlagan joyda qabul qilib oladi. Mahsulot haqidagi barcha ma’lumotlarga esa internet orqali ega bo‘ladi.

    Foto: LPP

    Foto: LPP

    Firuz Allayev tashqaridan eng oson faoliyat turidek tuyulgan onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish an’anaviy do‘kon ochishdan kam bo‘lmagan e’tibor va harakat talab etishini tushuntirdi:

    Internet do‘konlarini yuritish — murakkab jarayon. U bir nechta bo‘limlardan iborat. Masalan, IT bo‘limi saytning dasturiy ta’minoti bilan, marketing bo‘limi reklama bilan, savdo bo‘limi sotuvlar bilan, logistika bo‘limi yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarni tashkillashtiradi. Buxgalteriya bo‘limi esa hisob-kitob ishlarini olib boradi.

    Bu biznesni yo‘lga qo‘yish uchun ishni nimadan boshlash kerak?

    Ta’kidlanganidek, ikkisida ham deyarli bir xil biznes-jarayon amalga oshiriladi. Farqi shundaki, internet do‘konlarida buni maxsus dasturlar amalga oshiradi. An’anaviy bozorda esa — odamlar. Onlayn savdoni yo‘lga qo‘ygan mutaxassis ishni nimadan boshlash kerakligi haqida shunday fikrda:

    Bu ishni amalga oshirishda birinchi bo‘lib, tadbirkor ko‘zlagan maqsadining taxminiy chizmalarini shakllantirishi kerak. Unda aynan qaysi bozorga qanday mahsulot yetkazib berish, taxminiy raqobatdoshlarini o‘rganishdan to nimaga erishmoqchi ekanigacha ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichda aniq vazifalarni belgilab olib, maqsadli loyihaga kirishish mumkin.

    Uning gaplariga ko‘ra, bundan keyingi qilinadigan ishlar firmani ro‘yxatdan o‘tkazish, saytga domen tanlash va IT bo‘limi bajaradigan vazifalardir.

    Foto: Quasa

    Foto: Quasa
    Nega an’anaviy emas, onlayn do‘kon?

    Allayev Asaxiy onlayn do‘konini yo‘lga qo‘yayotgan vaqtda savdoning bu ko‘rinishi deyarli ko‘zga tashlanmagan. Allayevda biznes bozorida yangi — an’anaviy emas, onlayn bozor ochish g‘oyasi qayerdan paydo bo‘lgan.

    2011–2013-yillarda Fransiyada talaba bo‘lgan vaqtlarim internet do‘konlaridan ko‘p foydalanardim. O‘shanda onlayn do‘konlarning qulay, oson va arzonligini ko‘rib, bunga qiziqib qolganman. 2013-yilda o‘qishni tugatib, O‘zbekistonga qaytib keldim. Lekin o‘sha vaqtda internet do‘koni tugul bozorlarda kataloglar ham yo‘q edi — deydi Firuz Allayev.

    Buni ko‘rgan Allayev kelajakda O‘zbekistonda ham internet do‘konlari rivojlanadi, uni amalga oshirish uchun imkoniyatlar ham yetarli, 30 milliondan ortiq aholidan baribir talab bo‘ladi, degan maqsadda internet do‘koni ochishga qaror qilgan.

    Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu faoliyat tashqaridan ko‘ringanichalik oson emas. Lekin ikkala usuldagi savdo yuritishning ham o‘ziga yarasha yutuqli foydalari, shu bilan birga, kamchiliklari ham bor.

    Onlayn bozorning yutuqli tomonlari:

    • Elektron kommersiya — unda buyumlarni joylash uchun alohida ijaraga pul sarflanmaydi. Tadbirkor boshlanishiga yakka o‘zi ish boshlashi mumkin. Tovarlarni uyga sig‘dirish bilan muammo bo‘lsa, dropshipping, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish sxemasi bo‘yicha ish yuritishi mumkin. Bunda tadbirkor xaridor va yetkazib beruvchi do‘kon o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi.
    • Tahlil qilish imkoni — sotuv bo‘yicha tahlillar, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda reklama samaradorligini o‘rganish imkoni mavjud.
    • Odatiy do‘konlardan pastroq narxlar — turli soliqlar to‘lanmagani uchun ham narx boshqa joylardan arzonroq bo‘ladi. Yana har xil chegirmalar orqali ko‘plab xaridorlarni jalb qilish mumkin.
    • Xaridorda vaqt unumdorligi — soatlar yoki bir kun sarflab, do‘konga borib, mahsulotni qidirib o‘tirishga vaqt sarflagisi kelmaydiganlar ko‘p. Chunki izlagan tovarini uyda o‘tirib, kunning istalgan vaqtida do‘konni ishga tushish vaqtini kutmasdan, telefon yoki kompyuter qarshisida ham sotib olishi mumkin. Aynan shu imkoniyati uchun ham ko‘plab iste’molchi onlayn xaridni tanlaydi.

    Foto: “Press-release.ru”

    Foto: “Press-release.ru”

    An’anaviy bozorning foydali taraflari:

    • Mahsulotni shaxsan tekshirib olish — internetdagi maxsulotlar izohdan uni ideal deb o‘ylaydi kishi. Lekin internetdagi ma’lumot bilan o‘zi ko‘rib, tekshirib olishning farqi katta. Kiyimlarni esa kiyib, o‘lchamini tekshirib olish, maishiy texnikalarni ishlatib ko‘rish imkoni bor.
    • O‘sha vaqtning o‘zida xarid qilish — buyurtmadan keyin uni yetib kelishi kutilmaydi. Do‘konning o‘zida tanlab, olib ketish imkoni bor. Kimdir uchun qisqa muddatda sovg‘a sotib olish yoki kutilmaganda chiqib qolgan tadbirlarga kiyim xarid qilishda bu juda qulay hisoblanadi.
    • Mahsulotni almashtirish yoki qaytarib berish — bu ikkala — onlayn va an’anaviy do‘konlarda ham bor xizmat. Lekin internet orqali sotib olingan mahsulotni almashtirish uchun ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri keladi. Do‘konlarda esa bu o‘sha vaqtning o‘zida hal qilish mumkin bo‘lgan masala sanaladi. Almashtirish uchun variant bo‘lmaganida pulni qaytarib olish imkoni ham bor.
    • Mahsulotga beriladigan kafolat — bu ham ikki xil savdoda mavjud xizmat. Lekin internet orqali buyurtma qilingan texnikada muammo chiqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa shahardan keltirilgan tovarni o‘sha joyga yuborib tuzattirish uzoqroq davom etadigan, ko‘pincha hal etilmaydigan muammo. Do‘kondagi tovarlarga beriladigan kafolat esa oflayn, odatda do‘kon yaqinida hal etishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    Foto: iStock

    Foto: iStock

    O‘zbekistonda onlayn savdo bo‘yicha raqobat qanday?

    Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Istalgan tadbirkorlik o‘ziga o‘xshagan faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan kompaniyadan o‘zib ketishga, xaridorlarning doimiy tanlovi bo‘lishga intilgani sari o‘z ustida ko‘proq ishlaydi. Tashqaridan qaraganda, cheksiz ko‘rinadigan onlayn do‘konlar o‘rtasida raqobat aslida qandayligi haqida Firuz Allayev shunday dedi:

    To‘rt yil avval deyarli internet do‘konlari yo‘q edi. Hozir esa ulardan bir nechta. Kundan kunga raqobat kuchayib bormoqda. Lekin Rossiya bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, ularda kuniga yigirmatadan ortiq buyurtma oladigan onlayn do‘konlar soni ikki mingta. O‘zbekistonda esa kunlik buyurtmalari soni yigirmatadan oshadigan do‘konlar, menimcha, yigirmataga ham bormasa kerak. Demak, asosiy raqobatlar oldinda.

    Biznes olib borishda qanday xatolardan qochish kerak? 

    Mutaxassis xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligini ta’kidladi:

     Xatolar ko‘p. Lekin men uchun eng asosiysi, barchasini tizimlashtirish kerak. Shaxslarga emas, texnik tizimga ishonish, ya’ni ishlarni maksimal dasturlashtirish kerak. Biz vazifalarni noto‘g‘ri shaxslarga ishonib, ko‘p marta 10 ming dollardan 70 ming dollargacha “pulga kuyib” qolgan vaqtlarimiz bo‘lgan.

    Allayevning so‘zlariga ko‘ra, shu kabi holatlar yuzaga kelmasligi tadbirkor esa mayda kamchilik va xatolarga chalg‘imasdan, asosiy e’tiborini biznesiga qarata olishi uchun barchasi to‘g‘ri dasturlanishi kerak.

    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    Kitob savdosidan foyda qanday?

    Atrofdagilarni kuzatar ekansiz, yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qib ketayotgan yosh-u qari, yo‘l yuzida ochilgan katta kitob do‘konlari, ijtimoiy tarmoqlarda sotib olgan kitobi haqida bildirilgan fikr-mulohazalardan kitob savdosi ancha rivojlanib, o‘quvchilari ketganday tasavvur paydo bo‘ladi. Ammo mutaxassis bu fikrga unchalik qo‘shilmasligini bildirdi:

    Kitoblarning sotilishi yaxshi. Biroq boshqalar bilan solishtiriladigan bo‘lsa, biz kam kitob o‘qiydigan millatmiz. Shunda ham so‘nggi paytlarda so‘z erkinligi berilib, aholi daromadlari oshib, mamlakatda erkinlik shamoli esa boshlagach, odamlarda kitoblarga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib boryapti. Shaxsiy hisob-kitoblarim bo‘yicha yiliga o‘rtacha umumiy kitobxonlik darajasi yigirma foizga oshib turibdi. Bunday o‘sish bo‘layotgani mamlakatimiz uchun juda katta natija. Bu o‘sish yanada yuqorilashidan umidvormiz — deydi Allayev.

    Foto: “Moskovskaya perspektiva”

    Foto: “Moskovskaya perspektiva”
    Loyiha muallifining ta’kidlashicha, kitob savdosi ko‘ngildagidek emas:

    Hozir kitob savdosidan tushadigan daromad yaxshi, deb aytolmayman. Uning tarjimasi, bosib chiqarilishi uchun sarflangan xarajatlar qoplanishi ham qiyin. Ammo bu vaqtinchalik holat. Keyinchalik kitob savdosidan har tomonlama — odamlarning salohiyat jihatidan va biznes nuqtayi nazaridan ham foyda bo‘ladi, degan umidimiz bor. Va biz shu maqsad yo‘lida kitoblar chiqarishni davom ettirmoqdamiz.

    Firuz Allayevning yuqoridagi fikrlaridan shuni anglash mumkinki, biznes faoliyatda doim ham moliyaviy natija birinchi darajali maqsad bo‘lavermaydi. Jamiyat aqlan rivojlanganidan keyin esa har tomonlama o‘sish bir emas, bir necha sohada sezila boshlaydi.

    Foto: Deutsche Welle

    Foto: Deutsche Welle

    Jahon bozoriga chiqish uchun harakatlar

    Allayev ushbu loyiha doirasida kitoblari bilan jahon bozoriga chiqishni maqsad qilganini, biroq bu o‘ziga yarasha mashaqqatli vazifa ekanini ta’kidladi:

    Jahon bozoriga chiqish kerak, albatta. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun avval O‘zbekiston bozorini egallab, o‘z o‘rnimizni ko‘rsatib, mukammal mahsulot yaratishimiz kerak. Mamlakatning o‘zida imkoniyat ko‘p, shu bilan birga, egallanmagan bozorlar ham yetarlicha. Ularni ham zabt etgach, qo‘shni mamlakatlarga chiqishga harakat qilsak bo‘ladi — deb tushuntirish berdi mutaxassis.
    31.03.2022, 15:11   Izoh (0)   15612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu yil Tracker-2, kelasi yil boshida esa Onix’ni taqdim etamiz” — UzAuto Motors bosh direktori

    28.03.2022, 21:10

    UzAuto Motors rahbari avtomobillar uchun navbatlarga izoh berdi

    28.03.2022, 19:42

    Biri biznesini sotmoqchi, boshqasi yanada rivojlanib ketishidan umidvor — urush O‘zbekistondagi ukrainalik tadbirkorlar faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    25.03.2022, 19:15

    O‘zbekistonda Lacetti’ga navbat noyabrgacha cho‘zildi

    25.03.2022, 18:18

    Renault Rossiyada ishlab chiqarishni to’xtatdi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladi

    24.03.2022, 19:46

    Toshkentda Geologiya qo‘mitasi binosi 75 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi 

    24.03.2022, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.