• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Biri biznesini sotmoqchi, boshqasi yanada rivojlanib ketishidan umidvor — urush O‘zbekistondagi ukrainalik tadbirkorlar faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    Avvalroq Ukraina biznesi o‘zi uchun O‘zbekiston bozorini kashf qilgani haqida xabar berilgandi. Unda o‘nlab ukrainalik top-menejer va yuzlab mutaxassislar yaxshi maosh to‘lashga tayyor bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining imkoniyatlaridan hayratga tushgani haqida so‘z borgan.

    “Garchi tajribali mutaxassislar, yuridik xizmatlarning yetishmasligi hamda mahalliy sudlar faoliyatining sustligi sabab O‘zbekistonda biznes faoliyat olib borish oson kechmasa-da, Ukraina kompaniyalari tavakkal qilib ko‘rishga bel bog‘lashdi”, — deyiladi xabarda.

    Ushbu maqola chop etilganidan ko‘p o‘tmay, vaziyat o‘zgardi. 24-fevral kuni boshlanib, haligacha yakun topmagan Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy hujumi butun dunyoning ko‘plab tadbirkorlik sohalariga putur yetkazdi. Endigina o‘zbek bozoriga kirib, o‘z o‘rnini topa boshlagan ukrainalik biznesmenlardan biri ham bugun O‘zbekistondagi faoliyatiga nuqta qo‘ymoqchi. “Daryo” yuqoridagi tadbirkorlardan ba’zilarining O‘zbekistondagi biznesiga urushning ta’siri haqida qiziqdi.

    Urush sabab rejalari o‘zgarib ketgan kompaniyalardan biri Ukrainaning “Zakaz.uz” onlayn yetkazib berish xizmatidir. 2020-yilda o‘zbek bozoriga katta rejalar bilan kirib kelgan kompaniya mamlakatdagi natijalardan mamnunligini, 2021-yilda o‘rtacha buyurtmalar soni ikki barobarga oshganini ma’lum qilgandi. Ammo hozir kompaniya egalari biznesni sotish niyatida:

    Bu, albatta, Ukrainada olib borilayotgan urush va Rossiya agressiyasi bilan bog‘liq qaror bo‘ldi — deydi “Zakaz.uz” tijorat rahbari Yevgen Netreba.

    Foto: TheMag

    Foto: TheMag
    2021-yilda O‘zbekistondagi chakana savdo imkoniyatlari, shuningdek, aksiz solig‘ining kamayishi ortidan qiziqish bildirib, mahalliy bozorga kirib kelgan Global Spirits kompaniyasi mamlakatda o‘zining oltita filialini ochgan.

    Kompaniya top-menejeri David Dolganov O‘zbekistonda kuchli raqobatchilar hamda tizimli kompaniyalarning yo‘qligi sabab 2022-yil oxiriga kelib, bozorning 25 foizini egallashni maqsad qilgani haqida ma’lum qilgan.

    Mutaxassis Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi tortishuvlarning Global Spirits biznesiga ta’siri haqida shunday dedi:

    Ukrainadagi urushlarning biznes kelajagiga ta’siri haqida bir narsa deyolmayman. Chunki men Global Spirits biznesining egasi emas, balki o‘zbek bozoriga taqdim etuvchi vakiliman. Kompaniyaning egasi Yevgeniy Chernyak hisoblanadi.

    Uning fikricha, Ukrainadagi voqealar o‘zbek bozoridagi butlovchi qismlar narxiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda qo‘llanayotgan ba’zi sanksiyalar tufayli energiya quvvatining ham narxi oshishi mumkin.

    Ukrainadan mahsulotlarning yetkazib berilishiga kelsak, bu bo‘yicha muammo yo‘q. Chunki tovarlar zaxirada va birga ishlaydigan hamkorlarimizda yetarlicha. Bizga tegishli bu mahsulotlarning barchasi diversifikatsiya qilingan — deydi Dolganov.

    Foto: iStock

    Foto: iStock
    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozir “Ukraina brendi” butun dunyo bo‘ylab jaranglayapti. O‘zbek bozoriga yetkazilgan va yetkazib berilayotgan mahsulotlar esa, juda yaxshi sotiladi.

    Ha, muammolar ham bor. Ular, asosan, Ukrainadagi Rossiyaning harbiy tajovuzlarida vayron bo‘lgan shaharlarda faoliyat yurituvchi korxonalarda kuzatiladi. O‘zbekiston bilan ishlaydigan kompaniyalar agar sanksiyalar ostiga tushmagan bo‘lsa, yetkazib berish bo‘yicha uzilishlar bo‘lmaydi — deya suhbatni yakunladi Global Spirits xalqaro kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili David Dolganov.
     

    Ma’lumot uchun, 2021-yilda soliq organlari tomonidan yig‘ilgan tushumlar 127,9 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu 2020-yil bilan solishtirganda 24,3 trillion so‘mga yoki 23,5 foizga ko‘p. Shulardan 1,69 trillion so‘m miqdoridagi aksiz soliqlari alkogol (pivo) mahsulotlaridan kelib tushgan.

     

    Foto: Moliya vazirligi

    Foto: Moliya vazirligi

    Ukrainaning eng yirik riteylerlaridan biri — “Rozetka.uz” onlayn savdo kompaniyasining hammuassisi Vladislav Chechetkin o‘zbek bozorining rejadagidan-da tezkor rivojlanayotganini ta’kidlagandi.

    Ukrainadagi vaziyat riteylerning kelajagiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi haqida uning bosh direktori Georgiy Fesenko quyidagilarni ma’lum qildi:

    Kompaniya hozirda jadal rivojlanmoqda. Biznesning kelajagi haqida so‘z ketadigan bo‘lsa, men buyuk istiqbolli kelajakni ko‘ryapman.

    Chechetkinning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat bozoridagi eng yaxshi — har bir mijoz o‘z vaqtini tejagan holda, bir joydan hamyonbop narxlar, turli to‘lov usullari, qismlarga bo‘lib to‘lash, mahsulotlar bo‘yicha tanlov, sifatli xizmat hamda eshik oldigacha yetkazib berish imkonini beruvchi marketpleys yaratishni rejalashtirgan.

    O‘zbekiston bozorining juda qiziq va yorqin kelajagi bor. O‘ylaymanki, yaqin yillar ichida FinTech’dagi e-com bozorida yanada ko‘proq va qiziqroq loyihalar guvohi bo‘lamiz. Raqamlashuv va raqobatning kuchayishi esa, O‘zbekiston va uning aholisi uchun faqat foyda keltiradi, — dedi Fesenko.

    Foto: “Ekonomicheskaya pravda”

    Foto: “Ekonomicheskaya pravda”
    Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi voqealar ko‘plab mamlakatlarning barcha sohalar kabi, biznes muhitlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.

    Dollar kursi o‘sib bormoqda. Bu bevosita iste’molchilar uchun chet eldan import qilinadigan mahsulotlar narxiga ta’sir ko‘rsatadi, — deydi bosh direktor Georgiy Fesenko.

    Mutaxassisning ma’lum qilishicha, qayta moliyalashtirish stavkalari ham o‘smoqda. Bu esa, iste’molchilar uchun qulay bo‘lgan bo‘lib to‘lash usulining doimiy mavjudligiga ta’sir ko‘rsatadi.

    Ammo bizning komanda xizmat sifatini yaxshilash hamda “Rozetka.uz”ni tovarlarni qulay narxga sotib olish mumkin bo‘lgan joy sifatida rivojlantirishda davom etadi — izoh berdi Fesenko.

    Aslida o‘zbek mamlakat bozorini tavakkalchilik asosida tanlagan ukrainalik tadbirkorning reja va maqsadlari katta bo‘lgan. Buni “O‘zbekiston — rang-barang, butun jahonga mashhur sharqona bozorlar mamlakati bo‘lib, uning mavqeyi asrlar davomida o‘zgarmas bo‘lib kelgan”, — degan e’tirofidan ham anglash mumkin.

    Ammo urush, tadbirkor, jamoa yoki kompaniyaning ixtiyoridagi voqelik bo‘lmagani uchun ham, barcha rejalariga nuqta qo‘ydi. Biroq iqtisodiyot va biznes olamida tavakkalchiliksiz biror narsaga erishib bo‘lmaydi. Bunday uzilishlar esa, tadbirkorni yanada ilg‘or g‘oyalar bilan kuchli bo‘lib qaytishiga turtki berishi mumkin.

    25.03.2022, 19:15   Izoh (0)   24352
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Lacetti’ga navbat noyabrgacha cho‘zildi

    25.03.2022, 18:18

    Renault Rossiyada ishlab chiqarishni to’xtatdi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladi

    24.03.2022, 19:46

    Toshkentda Geologiya qo‘mitasi binosi 75 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi 

    24.03.2022, 18:53

    O‘zbekistonda Cobalt va Lacetti yetishmovchiligi — ishlab chiqarish o‘smoqda, ammo navbatlar undan-da tez o‘smoqda

    24.03.2022, 17:37

    Toshkentda bankrot bo‘lgan kompaniyaning 6 qavatli binosi 40 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    24.03.2022, 17:16

    O‘zbekistonga kirib kelayotgan qahva madaniyati — uning ommalashuvi davom etadimi yoki bu vaqtinchalik hodisa? Raqamlar, fikrlar va faktlar

    19.03.2022, 07:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59

    Kitob tumani hokimining mahalladagi yordamchisi o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:56

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    UNICEF: G‘azoda suv tizimlari ishdan chiqib, sun’iy qurg‘oqchilik yuzaga kelgan

    Dunyo | 20 iyun, 16:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.