Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 2022-yil 23-mart kuni 146 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetmagan shaxs va 2 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya uchun 28-fevraldan 24-martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6 030 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan.
“O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda”, – deyiladi axborotda.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi evakuatsiya jarayonlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)