• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ukrainadagi urush o‘g‘limdan ayirdi”. Evakuatsiya chog‘idagi avariyada halok bo‘lgan Otabek Hakimovning otasi bilan suhbat

    2022-yil 5-mart kuni O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchraganini ma’lum qildi. Ulardan biri — namanganlik 20 yashar Otabek Hakimov voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev marhumning xonadonida bo‘lib, xonadon sohibi Ravshanbek Nuriddinov bilan uchrashib qaytdi.

    “O‘g‘limning orzulari bir dunyo edi”

    “Ikki o‘g‘lim bor, to‘g‘rirog‘i, bor edi. Endi kichik o‘g‘lim — Oqilbek qoldi. Kattasi — Otabek doim men bilan birga edi. O‘zim bo‘yoqchi-pardozchiman. Ko‘p yil Rossiyada yashadim, ishladim. Otabek maktabning 9-sinfigacha Samarada o‘qidi. Namanganga qaytgandan keyin bu yerda tahsilni davom ettirib, ikki yil o‘qib, 11-sinfni bitirdi.

    Marhum Otabek Hakimov. 

    Marhum Otabek Hakimov. 
    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    Og‘ir-vazmin, kamgap, mulohazali yigit edi. Bir dunyo orzulari bor edi. Siyosat, moliya, bank ishiga qiziqardi. Maktabni tamomlagandan keyin Moskvadagi universitetlardan biriga o‘qishga kirdi. Pandemiya bo‘lib, karantin kuchayganidan so‘ng Moskvadan Namanganga qaytarib keldik. Bu yerda qo‘shma ta’lim dasturi asosida ikki yil O‘zbekistonda, ikki yil Piterda o‘qimoqchi edi. Lekin to‘loviga kuchimiz yetmadi.

    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    Shundan keyin maktabdagi sinfdosh o‘rtoqlari bilan Polshaga ketamanga tushib qoldi. U yerda ham o‘qiyman, ham ishlayman, sizga yordam beraman, deb turib oldi. O‘tgan yil oktabr oyi oxirlarida ikki sinfdoshi bilan Ukrainaga ketdi. O‘sha yerda viza va boshqa hujjatlari tayyor bo‘lgach, Polshaga o‘tishlari kerak edi.

    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    Hujjat tayyorlash jarayoni cho‘zilib ketdi. Musofirchilikda bekor turmaylik deb uch nafar sinfdosh ham Kiyevda o‘ziga ish topdi. O‘g‘lim do‘konda sotuvchilik qilgan, rus tilini juda yaxshi bilardi.

    “Notinch vaziyatdan xavotirlanib, O‘zbekistonga qaytinglar degandim”

    Urush boshlanishi arafasida Rossiyaning Irkutsk shahrida edim. Notinch vaziyatdan xavotirlanib, 16-fevral kuni bo‘lsa kerak, o‘g‘lim vaziyat notinch, imkon bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytinglar dedim. Dada, bizda hammasi yaxshi, xavotir olmang deb tasalli berdi. Urush boshlanganidan so‘ng uch sinfdosh Bekzodning mashinasida Polshaga yo‘l olgan, ammo chegaradan o‘tolmagan. Keyin nisbatan tinch bo‘lgan Lvovga bormoqchi bo‘lishganida yo‘lda avtohalokatga uchrashgan.

    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    Avtohalokatga nima sabab bo‘lganini, to‘g‘risi, bilmayman. O‘g‘lim o‘sha joyning o‘zida, o‘rtog‘i Bekzod esa kasalxonada olamdan o‘tdi. Sherzod hali ham kasalxonada, shifo bersin, joni sog‘ bo‘lsin.

    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    O‘g‘limning jasadini samolyotda Polshadan keltirishdi. U bu mamlakatga borishni juda orzu qilgandi, afsus, u yerdan faqat jasadi keldi. O‘zi 20-mart kuni — Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekistonga qaytmoqchi edim, bilet ham olgandim. Yuz bergan voqeani eshitib, 6-mart kuni qaytib keldim, 15-mart kuni o‘g‘lim va uning o‘rtog‘ini tobuti O‘zbekistonga keltirildi. Bunga yordam berganlarning barchasini duo qilamiz.

    Ravshanbek Nuriddinov kichik o‘g‘li Oqilbek bilan.

    Ravshanbek Nuriddinov kichik o‘g‘li Oqilbek bilan.
    Foto: Nuriddinovlar oilasi arxividan

    Viloyat, shahar hokimlari, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash idoralari vakillari kelishdi, hamdardlik bildirishdi, ko‘mak ko‘rsatishdi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin.

    Ko‘pchilik urush uzoqda, bizdan narida deb o‘ylaydi. Yo‘q, urushning uzoq-yaqini bo‘lmaydi. Mana, Ukrainadagi shu urushni deb Namangandagi ikki oila suyangan tog‘imizdan ajralib turibmiz. Hech kimning boshiga farzand dog‘i tushmasin. Bu qanchalik musibat ekanini navqiron o‘g‘il-qizlarini bevaqt yo‘qotganlar biladi...

    20.03.2022, 15:37   Izoh (0)   100811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda endi maktab va bog‘chalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi

    20.03.2022, 14:57

    Toshkentdagi Latviya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yuzaga kelgan yirik yong‘in sabablari ma’lum qilindi

    20.03.2022, 13:46

    Samarqandda bolalarni igna tiqib qo‘rqitgan xususiy bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    20.03.2022, 13:24

    O‘zbekistonda 21-mart kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    20.03.2022, 13:14

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki davlat diplomatik munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini tabrikladi

    20.03.2022, 12:07

    Qozog‘iston ham O‘zbekistonning kovid sertifikatlarini tan oldi

    20.03.2022, 11:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.