Samarqandda Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga DXXning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ijtimoiy tarmoqlari orqali XTT (xalqaro terroristik tashkilot) emissarlari ta’siriga tushib, Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan narpaylik 1998-yilda tug‘ilgan M.B. qo‘lga olingan.Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)