Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

PayPal to‘lov tizimi Ukrainada to‘liq ishlashni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida xabar berildi.

Endi ukrainaliklar PayPal orqali pul qabul qilishlari, internetda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin (ungacha faqat Ukrainadan pul yuborish imkoniyati bor edi).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

PayPal nima uchun O‘zbekistonda yo‘q? 

O‘zbekiston –PayPal’ga qo‘shilmagan Markaziy Osiyoda yagona va dunyoda kam sonli mamlakatlardan biri. PayPal’da ro‘yxatdan o‘tishda O‘zbekistonni hatto tanlab bo‘lmaydi (garchi mamlakat kompaniya qora ro‘yxatiga kirmagan):

Foto: “Daryo” / Paypal.com

Foto: “Daryo” / Paypal.com

PayPal’ga muhtoj o‘zbekistonliklar aylanma yo‘llardan foydalanishadi — boshqa mamlakatlar, masalan, Qozog‘iston orqali ro‘yxatdan o‘tishadi. Biroq bu noqulaylik tug‘diradi va tizimning cheklangan imkoniyatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

PayPal’ning o‘zi O‘zbekistonda nega ishlamayotgani haqida hech qanday izoh bermagan, ammo axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bu mamlakatning yaqin o‘tmishi bilan bog‘liqligini taxmin qiladi:

Haqiqatan ham PayPal tizimida O’zbekiston yo‘q. Bunga menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman, — deydi Shermatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikdagi vazifasi O‘zbekistonni PayPal’ga kiritishdir. 

Bundan oldinroq PayPal’ning O‘zbekistonda ishlamasligi bo‘yicha Markaziy bank vakillari tomonidan ham izoh berilgan edi

Ularning so‘zlariga ko‘ra, cheklovni PayPal O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan.

Markaziy bank mamlakatda WebMoney va Qiwi kabi tizimlar ishlayotganiga e’tibor qaratgan — ularga O‘zbekistonda chiqarilgan Visa, Mastercard, UnionPay yoki “MIR” kartalarini bog‘lab qo‘yish mumkin.

O‘zbekiston tomondan hech qanday to‘siqlar yo‘q, Markaziy bank esa o‘zi qo‘ymagan cheklovlarni olib tashlay olmaydi. Qachonki PayPal O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta – so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, PayPal Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Markaziy bankda ta’kidlashlaricha, PayPal o‘zbekistonlik frilanserlar tomonidan o‘ta talabgir bo‘lib, lekin kompaniya cheklovlarni olib tashlamagunicha, uning o‘rniga WebMoney, Qiwi ва бошка xizmatlardan foydalanib turish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?