Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda 2022-yilda bug‘doy va shakar mahsulotlarida barqarorlik ta’minlanadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Daryo”ga xabar qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash, ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirish, zarur zaxiralarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada joriy yilda aholini bug‘doy va un mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 1 million 27 ming gektar yer maydonida bug‘doy ekilgan, natijada iyun—iyul oylarida 7 million 679 ming tonna hosil yetishtirish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1 million tonnaga ko‘p.

Shuningdek, 2021-yil bug‘doy hosilida 6 million 656 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Shundan 2 million 533 ming tonnasi respublika don zaxiralari uchun “O‘zdonmahsulot” AJ hududiy korxonalarida jamg‘arilgan. 4 million 123 ming tonnasi fermer va aholi ixtiyorida qolgan.

O‘tgan yil yakuniga qadar 2 million 771 ming tonna bug‘doy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozog‘istondan import qilingan. 26,8 ming tonna bug‘doy doni (Tojikistonga 94 foiz va Qirg‘izistonga 6 foiz) va 949,1 ming tonna un (1 mln 265 ming tonna bug‘doy hisobida) Afg‘onistonga eksport uchun yo‘naltirilgan.

2022-yilda aholini shakar mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida respublikada 600 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2021-yilda 595,5 ming tonna shakar (2020-yilga nisbatan 315,1 foiz) “Angren shakar” MChJ va “Xorazm shakar” MChJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

Mazkur korxonalar tomonidan 2021-yil va 2022-yil yanvar—fevral oylarida tovar xomashyo birjasiga aholi ehtiyojini qoplash maqsadida har oyda 30 ming tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda shakar savdoga qo‘yilgan. O‘tgan yil yakuniga qadar 23 ming tonna shakar (o‘tgan davrga nisbatan 344 ming tonnaga kamaygan) va 620 ming tonna shakar xomashyosi (o‘tgan davrga nisbatan 423 ming tonnaga oshgan) Braziliyadan import qilingan va 25 tonna shakar Afg‘onistonga yo‘naltirilgan. Rossiya tomonidan qo‘yilgan cheklovlar ta’sir qilmaydi.

2022 yil mart—may oylarida ta’minotchilardan yana qariyb 180 ming tonna xomashyo yetib keladi. Bundan tashqari joriy yil iyun—oktabr oylarida 200 ming tonna shakar xomashyosi olib kelish rejalashtirilgan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikada aholi va korxonalarning talabini uzluksiz, yetarli miqdorda va barqaror narxlarda bug‘doy, un, shakar mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ichki bozorlarda narxlarning keskin o‘zgarishining oldini olish to‘liq ta’minlangan”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi