• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ukraina elchixonasi O‘zbekistonda Rossiya telekanallarini bloklashni so‘radi

    Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi 1-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mamlakatda Rossiya telekanallari efirini to‘xtatishni so‘rab, nota yubordi. Bu haqda elchi Nikolay Doroshenko “Ozodlik” radiosiga rus tilida bergan videointervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Nikolay Doroshenko

    Nikolay Doroshenko
    Foto: “Ozodlik”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukraina Yevropa ikkinchi Jahon urushi davridan beri ko‘rmagan tajovuzga duch keldi, u hattoki bu darajadan ham oshib ketdi”.

    “Ukraina Rossiya harbiy mashinasining deyarli barcha arsenali zarbasini o‘ziga olmoqda va nafaqat o‘z mamlakatining, balki butun qit’aning xavfsizligini himoya qilmoqda. Biz nimaga nota yubordik? Bu aynan shu bilan bog‘liq. Biz Putin va uning jinoiy buyruqlarining barcha ijrochilarini Nyurnberg tribunali kutishi haqida gapirmoqdamiz. Biz bu ma’lumot haqida nafaqat Ukraina yoki Yevropa mamlakatlarida, balki O‘zbekistonda ham bilishlarini xohlaymiz. Biroq ming afsuski, Rossiya telekanallari umuman boshqa urushni yoki ehtimol bu urushning aslida yo‘qligini namoyish etmoqda. Shuning uchun ham biz notani tayyorlashga majbur bo‘ldik, men uni imzoladim, biz 1-martdayoq uni yuborgandik”, — deydi Nikolay Doroshenko.

    Notada qayd etilishicha, Rossiya OAVlari “Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini targ‘ib qilish, allaqachon, minglab begunoh fuqarolar jabrlangan va fuqarolik infratuzilmasiga ulkan miqyosda zarar yetkazgan keng ko‘lamli Rossiya qurolli tajovuziga qarshi kurashayotgan ukrain xalqiga nisbatan milliy nafratni qo‘zg‘ashga qaratilgan maqsadli faoliyatni amalga oshirmoqda”.

    Foto: Intervyudan lavha / “Ozodlik”

    “Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan olib borilayotgan axborot urushi harbiy kampaniyaning ajralmas qismi hisoblanadi va jahon hamjamiyatini dezinformatsiyalashga qaratilgan”, — deyiladi notada.

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning ko‘plab davlatlari allaqachon Rossiyaning “propagandachi” telekanallari efirini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

    “Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan urushni boshlagan va xalqlar o‘rtasida nafratni urug‘lantirayotgan Kreml “propagandachilari”ga qarshi sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Ukraina tomoni O‘zbekiston rahbariyati va vakolatli hokimiyat organlaridan Rossiya telekanallarini O‘zbekistonda efirga uzatilishi va kabel tarmog‘i orqali namoyish etilishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishni so‘raydi”, — deya qayd etilgan maktubda.

    Nikolay Doroshenko O‘zbekiston tomoni hozirga murojaatga javob bermaganini ma’lum qilgan.

    Elchi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati vafot etganlar munosabati ukrain xalqiga ta’ziya izhor etish maqsadida rasmiy murojaat bilan chiqmaganini ta’kidlagan. Shunga qaramasdan, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning ko‘plab fuqarolari ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali elchixonaga qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

    “Jamiyatning munosabat bildirayotgani va Ukrainada nima sodir bo‘layotganini tushunishining o‘zi qaysidir ma’noda javob hisoblanadi. Meni buni qadrlayman. Elchixonaning veb-sayti va mening sahifamda hozir o‘z shahrini tark etayotgan, jabrlangan bolalar va odamlarga insonparvarlik yordamini jo‘natish uchun pul yig‘ish maqsadida hisob raqamni e’lon qilishdi. Men sizga aytishim mumkinki, 9000 so‘mdan 23, 30 va 50 ming so‘mgacha o‘tkazmalar kelmoqda. Buni ehtimol, ukrain xalqi yordamga muhtoj ekanligini tushunadigan badavlat bo‘lmagan odamlar yuborayotganini anglayotgan bo‘lsangiz kerak. Men bu odamlardan juda minnatdorman”, — dedi diplomat.

    Nikolay Doroshenko 1966-yilda Toshkentda sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan so‘ng, Ukrainadan 30 mingdan ortiq quruvchi kelib, shaharni qayta tiklashda ishtirok etganini eslatib o‘tgan. Chilonzor tumanidagi uylarda “O‘zbek xalqiga — Ukrainadan” degan yozuvlarni ko‘rish mumkin.

    Shu bilan birga, elchi hozirgi vaqtda O‘zbekiston “befarq qolmayotganini” ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati Ukrainaga dori-darmonlar va tibbiyot buyumlaridan iborat 28 tonnalik insonparvarlik yordamini yuborgan. U, shuningdek, o‘zbekistonlik volontyorlar ham yordam to‘playotganini qo‘shimcha qilgan.

    O‘zbekiston hukumati Ukrainaga gumanitar yordam yuborilishi haqida xabar bermagan. 9-mart kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “Ukraina va Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatayotgan gumanitar yordami” uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgandi.

    Qaysi davlatlar Rossiya telekanallari efirini to‘xtatdi?

    Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari oqibatida bir qator davlatlar Rossiya telekanallari efirini to‘xtatdi va Rossiya OAVlarini bloklashni boshladi. Xususan, RT (Russia Today) kanali namoyishini Polsha, Finlyandiya va Avstraliya taqiqladi. Latviyada esa bir qancha Rossiya telekanallari translyatsiyasi to‘xtatildi. Moldova Sputnik axborot agentligi saytini blokladi.

    YouTube esa Ukraina tomoni murojaatiga ko‘ra, Ukrainada “Perviy kanal”, “Zvezda”, TNT va boshqa telekanallar namoyishini blokladi. Bundan tashqari, Yevropada RT va Sputnik sahifalari ham bloklab qo‘yildi.

    Litvada 25-fevral kuni “NTV Mir”, “RTR Planeta”, “Rossiya 24”, shuningdek, “Belarus 24” telekanallarini 5 yil muddatga, “RBK” va TVCI efirini esa 3 yil muddatga taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

    Ushbu sanadan Estoniyada ham Rossiyaning beshta telekanali: “RTR Planeta”, “NTV Mir”, “NTV Mir Baltiya”, “Rossiya 24” va TVCI, shuningdek, “Belarus 24”ni retranslyatsiyasiga qo‘yilgan taqiq kuchga kirdi.

    Italiyaning efirga uzatuvchi Sky Italia kompaniyasi (egasi News Corp.) “Rossiya 24”, “RTR Planeta”, “Perviy kanal” va RT’ni avtomatik efir setkasidan chiqarib yubordi.

    Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati hududiy telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanmish “Remstroyservis” Rossiya federal telekanallari efirini o‘chirib qo‘ydi.

    Mavzuga doir: 

    • YouTube Rossiyada monetizatsiyani vaqtincha to‘xtatdi
    • Rossiyada Facebook, Twitter, BBC va qator OAVlar qisman bloklandi. “Roskomnadzor” buni Ukrainadagi harbiy operatsiya to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqalayotgani bilan izohladi

    12.03.2022, 10:08   Izoh (0)   46285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga fotosayohat

    12.03.2022, 09:37

    Qamchiq dovoni qor ko‘chishi xavfi sabab yopildi

    12.03.2022, 09:28

    Ichan qal’ada o‘rta asrlar ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi haykallar o‘rnatildi (foto)

    12.03.2022, 09:07

    Samarqandda kelishmovchilikni mushtlashuv orqali hal qilishga uringan guruhlar qo‘lga olindi

    12.03.2022, 08:45

    Muzlagan ko‘ldagi poyga, uya qurayotgan qush, Nyu-York tepasidagi “Betmen”. 11-mart suratlari

    12.03.2022, 00:39

    Andijonda bog‘cha mudirasini qo‘rqitib, undan 350 dollar olgan bloger qo‘lga olindi

    11.03.2022, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.