Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Alisher Usmonovning superyaxtasi Yevropa Ittifoqi va AQSh sanksiyalaridan keyin ekipaj xodimlarini, jumladan, yaxta kapitanini ishdan bo‘shatdi va kema Gamburgda qolib ketadigan bo‘ldi. Sanksiyalar xodimlarning ish haqini to‘lash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Bungacha “Dilbar” yaxtasida odatda 80 kishi ish olib borgan. Xodimlarning oxirgi qismi 7-mart, dushanba kuni 156 metrlik yaxtani tark etdi. 

Usmonovning onasi nomi bilan ataladigan va hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta yaxta Germaniya shimolidagi shaharda ta’mirdan o‘tkazilayotgan edi. Yaxta 25 metrli suzish havzasi va ikkita vertolyot maydonchasi bilan mashhur. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning qiymati 600 mln dollardan 750 mln dollargacha. 

“Biz jamoani ushlab qolish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qildik. Ammo ilojini topolmadik” — deydi “Dilbar” kapitani Tim Armstrong.

68 yoshli Usmonov dunyodagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Metalloinvest va MegaFon telekommunikatsiya kompaniyasiga egalik qiluvchi Rossiya investitsiya guruhi USMning asosiy ulushiga ega. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, u 17,8 milliard dollar boyligi bilan eng boy rossiyalik milliarderlardan biridir.

“Dilbar” yaxtasi bundan bir necha kun avval xatlovga olingan edi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatiga USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ham kiritilgani xabar qilingandi. Shuningdek, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimini tark etgan, “Everton” Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni to‘xtatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?