• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Barbod bo‘lgan “Orzu” — birgina parvozda 110 ta jahon rekordini yangilagan, dunyodagi eng katta samolyotning shonli va achchiq qismati

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida kechayotgan mojaro ikki davlat uchun ham jiddiy yo‘qotishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu talafotlar ichida dunyodagi eng katta samolyot yo‘q qilingani ham achinarli voqealardan biri bo‘ldi. “Daryo” so‘nggi vaqtlarda ko‘p og‘izga tushgan Ann-225 “Mriya” yuk tashuvchi samolyoti haqida so‘z yuritadi.

    Vayron bo‘lgan “Mriya”

    Vayron bo‘lgan “Mriya”
    Foto: “Birinchi kanal”

    An-225 “Mriya” jiddiy shikastlangani haqida birinchi marta 24-fevral kuni, Ukrainada Gostomel aerodromi uchun janglar boshlangan sanada, xabar tarqalgandi. Lekin dastlab bu xabar rad etilgan, faqat 27-fevral kuni “Ukroboronprom” davlat konserni samolyot yo‘q qilinganini tasdiqlagan.

    Shundan so‘ng “Mriya” joylashgan angar yonayotgani aks etgan fotosurat e’lon qilingan. Hujumga uchragan aeroportdan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan Gostomel aholi yashash punktidagilarning aytishiga qaraganda, “Mriya” dvigatellari olib tashlangan holda turgan, shu sababli uni evakuatsiya qilishning iloji bo‘lmagan.

    Yaratilish tarixi

    “Mriya” ukrain tilida “Orzu” degan ma’noni anglatadi. O‘ta og‘ir yuklar uchun mo‘ljallangan ushbu reaktiv samolyot Oleg Konstantinovich Antonov nomidagi davlat samolyotsozlik korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan. U jahon aviatsiyasi tarixidagi eng katta yuk tashuvchi samolyot hisoblanardi.

    An-225 “Mriya” haqiqatan ham “Energiya-Buran” kosmik dasturining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lishi kerak edi. Aynan u “Buran” ko‘p martalik kosmik kemalari va “Energiya” raketa kompleksi ehtiyot qismlarini Boyqo‘ng‘irga yetkazib beradigan asosiy “maxsus transport” vazifasini o‘tashi rejalashtirilgandi.

    Foto: “Livejournal.com”

    1984-yilda “Energiya-Buran” dasturi bilan bog‘liq ko‘plab masalalarga logistika muammosi ham qo‘shiladi. “Buran” kosmik kemalari Moskvada, “Energiya” kompleksi esa Samarada ishlab chiqarilgandi. Bu bahaybat qurilmalarni Boyqo‘ng‘irga imkon qadar tayyor holda yetkazib borishga ehtiyoj tug‘iladi, chunki Boyqo‘ng‘irda noyob kosmik majmuani yig‘ishga sharoit deyarli yo‘q edi. Kompleks qismlarining beso‘naqayligi tufayli ularni temiryo‘l orqali eltib bo‘lmasdi. Faqat bitti yo‘l qoladi — samolyotda tashish. Xuddi shunga o‘xshash reja avvalroq amerikaliklar sinovidan o‘tgandi. Ular Boeing-747 laynerini Space Shuttle ko‘p martali kosmik kemani tashishga moslab, muvaffaqiyatli uddalagan.

    SSSRda Boeing-747 samolyotiga o‘xshash parvoz qurilmasi bo‘lmagan. Lekin og‘ir yuk tashish uchun mo‘ljallangan An-124 “Ruslan” loyihasi ishlab chiqilayotgandi, omborda esa Myasishchev konstruktorlar byurosining eski, ammo ishga yaroqli 3M bombardimonchisi yotardi. An-124 “Ruslan” maxsus topshiriqni bajarishga yaroqsiz bo‘lib chiqadi, Myasishchev veterani esa yuk tashish samolyoti sifatida ikkinchi hayotni boshlaydi.

    Foto: “Reactor.cc”
    Ancha ishlov berilgan va VM-T “Atlant” nomini olgan sobiq bombardimonchi yangi vazifasini qoniqarli darajada uddalaydi. U 150 ta reysda barcha kerakli yuklarni tashib beradi. Lekin undan vaqtincha foydalanilayotgandi, chunki VM-T “Atlant” kosmik kemalarni manzilga to‘liq tayyor holda eltib bera olmasdi. Buning uchun boshqa sig‘imi kattaroq samolyotga ehtiyoj bor edi.

    1985-yilda Antonov nomidagi davlat korxonasi An-124 “Ruslan” asosida shunday samolyot loyihasini ishlab chiqadi. Yangi og‘ir yuk tashuvchi samolyot mukammal shassi va qanotlar, fyuzelyajdagi biriktirma nuqtalari, juft dumli quyruq va ikkita qo‘shimcha dvigatel bilan ta’minlanadi. Orqa yuk lyukidan voz kechishga qaror qilishadi. An-225 “Mriya” nomini olgan bu samolyot 1988-yilning kuzida to‘liq tayyor holga keladi.

    Xususiyatlari

    An-225 o‘z haybati bilan odamlarni bugungi kungacha hayratga solib kelgan. Yuk joylanadigan kabinasining uzunligi 43, kengligi 6,4 va balandligi 4,4 metr bo‘lgan ushbu mahobatli havo kemasining umumiy og‘irligi 640 tonnagacha yetishi mumkin edi. Yonilg‘isining o‘zi 300 tonna yuk bosardi, ichiga esa 250 tonnagacha bo‘lgan yukni sig‘dira olardi. Parvozlarning birida hatto bu ko‘rsatkichdan 3,8 tonnaga oshib ham ketgan.

    Samolyotning umumiy uzunligi 84 metr, qanotlarining kengligi 88,4 metr, balandligi 18,2 metrni tashkil etgan. “Buran”ning o‘zi yoki “Energiya” raketa bloklari “Mriya”ning bagaj bo‘limiga sig‘magani sababli uning orqa tarafiga katta o‘lchamdagi yuklar uchun maxsus mahkamlagichlar o‘rnatilgan. Bu aviatsiyada kamdan kam uchraydigan holat hisoblanadi.

    Samolyot parvoz rejimida har birining quvvati 23,4 tonna bo‘lgan oltita D-18T dvigateli bilan jihozlangan. U sinov parvozlarining o‘zidayoq jahon rekordlarini o‘rnata boshlaydi. Birgina 1989-yil 22-martdagi parvozda 156 tonna yuk bilan 110 ta jahon rekordini yangilaydi.

    Faoliyati

    “Mriya” 1988-yil 21-dekabrda ilk parvozini amalga oshiradi. 1989-yilda sinov ishlari tugab, faoliyati boshlanishi arafasida to‘satdan “Energiya-Buran” bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga chiqib qoladi. Ko‘pchilik o‘sha vaqtdagi og‘ir iqtisodiy sharoitda dasturni davom ettirish haddan tashqari qimmatga tushishini sezib turardi.

    Foto: “Airliners.net”

    Biroq 1989-yilning iyul oyida An-225 va “Buran” Le Burje xalqaro aerokosmik salonidagi ko‘rgazmaga yo‘l oladi va u yerda aqlbovar qilmas darajadagi mahobatini namoyish etadi. Le Burje undan oldin ham, keyin ham bu darajada ulug‘vor va monumental narsaga guvoh bo‘lmagan. Ikki noyob qurilma Sovet Ittifoqining iqtisodiy qudratini va ilm-fandagi yuksak salohiyatini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qiladi. Lekin bu Sovet aviatsiyasi sanoati hamda kosmonavtikasi vakillarining tantanavor vidolashuv safari bo‘lib qoladi. Ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tib SSSR parchalanadi, An-225 va “Buran”ning hech kimga keragi bo‘lmay qoladi. “Mriya” yangi tashkil etilgan Ukraina davlatining mulkiga aylanadi.

    Samolyotning yangi egalari undan qanday foydalanishni bilmasdi. Bundan tashqari, shu kungacha yarim tayyor holda saqlanib qolgan ikkinchi tugallanmagan nusxasi ham bor edi. 2016-yilda xitoyliklar unga qiziqish bildiradi. Aerospace Industry Corporation of China chala qurilgan samolyotni sotib olib, qurilishini o‘z hisobidan oxiriga yetkazmoqchi bo‘ladi. Lekin bu loyiha amalga oshmaydi. 2000-yilda birinchi nusxasini modernizatsiya qilish va tor ixtisosli tashish bozoriga olib chiqishga qaror qilanadi. An-225 boshqa birorta samolyotga sig‘maydigan yuklarni tashish vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

    2001-yilda An-225 barcha kerakli sertifikatlar bilan ta’minlanib, Antonov Airlines kompaniyasining shaxsiy mulki sifatida butun dunyo bo‘ylab “beso‘naqay” yuklarni tashiy boshlaydi. Buyurtmalar u qadar ko‘p bo‘lmagan, lekin “Mriya” yiliga bir nechta reyslarni amalga oshirgan.

    Endi bu samolyot yo‘q. Uning yo‘q qilingani nafaqat Ukraina, balki butunjahon aviatsiyasi uchun jiddiy talafot hisoblanadi. Samolyotning faqat ikkinchi tugallanmagan nusxasi qoldi. U ayni vaqtda Kiyev shahri chetidagi aviazavod angarida saqlanadi. Ikkinchi nusxani tayyorlash imkoniyati deyarli yo‘q: juda katta vaqt va mablag‘ talab qiladi. Shunga qaramay, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Mriya” haqida nekbinlik bilan shunday deydi:

    Afsuski, biz “Mriya”dan ayrildik. Lekin u eski “Mriya” edi. Endi yangisini bunyod etamiz.

    10.03.2022, 16:07   Izoh (0)   117831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.