Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UEFA 2028-yildan Yevropa Chempionati ishtirokchilari sonini 32 taga yetkazmoqchi, deya xabar qilmoqda Daily Mail. Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) bunga qarshi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionati ishtirokchilari soni 2016-yildan boshlab 16 tadan 24 taga ko‘paytirilgandi. Endi esa UEFA musobaqaning final bosqichida mintaqadagi 55 ta terma jamoadan 32 tasi ishtirok etishini xohlamoqda.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) raisi Maeta Molango bunga qarshi chiqmoqda. Uning fikricha, bunday qarordan futbolchilar ham, muxlislar ham aziyat chekadi va musobaqa sifati pasayishiga sabab bo‘ladi.

“Bu shunchaki mahsulot sifatiga putur yetkazadi. Bolalar o‘z kumirlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘ra olmaydi. Haqiqat shunday. Ha, kengaytirish qisqa muddatli moliyaviy foyda olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatga mahsulotga zarar yetkaziladi.

Futbolchilar doim hamma narsani eng so‘ngida eshitishidan xavotirlanamiz. Jarayon shunday tuzilganki, hamma narsa allaqachon bajarib bo‘lingandan so‘ng ular xabar topadi.

Biz Manchesterda FIFA prezidenti Janni Infantino va Arsen Venger bilan uchrashdik. U yerda Premyer Liga klublari sardorlari va boshqa futbolchilar bor edi. Menimcha, endi UEFA bilan gaplashadigan narsamiz bor. So‘nggi Yevroda ishtirok etgan futbolchilarning uchdan bir qismi Angliyada to‘p surardi. Ular muhokamalarda muhimroq rol o‘ynashini kutamiz”, — deydi Molango.

Yevro—2028 katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi. Hozircha tashkilotga boshqa ariza kelib tushmagan. Rasmiy ravishda musobaqaning mezboni 2023-yil sentabr oyida aniqlanishi kerak, ammo faqatgina bitta ariza kelib tushgani hisobga olinsa, UEFA qarorni avvalroq e’lon qilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?