Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevro—2028 katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Angliya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Shotlandiya va Irlandiya bir oy oldin musobaqaga mezbonlik qilish uchun birgalikda ariza tashlagandi va ularga hozircha raqobatchi topilmayapti, deya xabar beradi Daily Mail.

Turkiya Yevro—2016 va Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro—2024 saylovlarida mag‘lub bo‘lgani uchun o‘z arizasini qaytarib oladi.

Rossiya Yevropa chempionatini o‘z uyida o‘tkazish uchun nomzod bo‘la olmaydi. FIFA va UEFA terma jamoani barcha musobaqalardan chetlatdi.

2028-yilgi Yevropa chempionati final bosqichini o‘z uyida o‘tkazish uchun arizalar 2022-yil 23-martga qadar qabul qilinadi.

Rasmiy ravishda musobaqaning mezboni 2023-yil sentabr oyida aniqlanishi kerak, ammo faqatgina bitta ariza kelib tushgani hisobga olinsa, UEFA qarorni avvalroq e’lon qilishi mumkin.

Yevro—2028 da ishtirok etuvchi terma jamoalar soni 24 tadan 32 taga oshirilishi kutilmoqda. Musobaqa kamida 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?