O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qarori bilan Avazjon Karimov sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi maqomi mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Avazjon Karimov bundan avval Turizm va sport vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, 18-fevral kuni Turizm va sport vazirligi ikkita alohida, Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklariga bo‘lingan edi. Sportni rivojlantirish vaziri sifatida Adham Ikromov tayinlangandi.
Izoh (0)