• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Everton” Alisher Usmonovning kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu klubga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    “Everton” tadbirkor Alisher Usmonovning asosiy aktivlaridan biri bo‘lgan USM Holdings bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    USM o‘zi nima?

    USM — tadbirkorning yetakchi holdingi bo‘lib, uning asosiy aktivlari: “Megafon” uyali aloqa operatoridan tortib, butun sayyora bo‘ylab temir rudasi va mis mahsulotlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Metalloinvest’gacha bo‘lgan kompaniyalar hisoblanadi.2012-yilda Usmonov va uning hamkorlari tomonidan 20 yildan ortiq vaqt davomida sarmoya kiritib kelingan Twitter, Uber, Facebook va Xiaomi kabi loyihalarini birlashtirish uchun USM’ga asos solingan. 2017-yilda USM “Everton” bilan yiliga 12 million funtlik shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng kompaniya “Everton”ning eng yirik hamkoriga aylanadi: “Gudison Park”da “Megafon” reklamasi paydo bo‘ladi.
    • 2020-yil yanvar oyida USM 30 million funtga “Everton”ning yangi stadioniga nom qo‘yish huquqini sotib oldi. Usmonov nom qo‘yishni emas, u uchun bo‘lib o‘tadigan savdoda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlagandi.
    • Keyinroq “Megafon” va Yota kompaniyalari “Everton”ning ayollar jamoasi rasmiy homiysiga aylandi: bitim narxi oshkor etilmadi, biroq klub bu Angliya ayollar futboli tarixidagi eng yaxshi kelishuvlardan biri ekanligini ta’kidladi.
    • O‘sha yili “Everton” yillik daromadi 63,7 million funtni tashkil qilgani bilan faxrlangandi. Mish-mishlarga qaraganda bunday raqamlar USM nom uchun to‘lagan 30 million funt evaziga oshgan bo‘lishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Usmonovning ta’siri shunchalik kattamidi?

    • Usmonov rasmiy ravishda hech qachon klub aksiyadorlari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin uning “Everton” xo‘jayini Farhod Moshiri bilan aloqalari doim loyihaga ta’sir qilgan: tadbirkor nafaqat sarmoya kiritgan, balki muhim qarorlarni ham qabul qilgan. The Athletic’ning yozishicha, Rafael Benites bilan muzokaralar aynan Usmonovning yaxtasida bo‘lib o‘tgan.
    • Yana ham yangiroq misol bor. Usmonovsiz Frenk Lempard bilan muzokaralar ijobiy yakun topmasdi, deb yozadi Mirror gazetasi. Amaldagi xo‘jayin jim o‘tirgan vaqtida, tadbirkor Frenkka faol ravishda savollar berib turgan.
    • Usmonov Moshiri bilan 1989-yilda Middlesex Holdings kompaniyasining eronlik xo‘jayini orqali tanishgan. Moshiri rossiyalik tadbirkorning ishonchini qozongan va uning shaxsiy maslahatchisiga aylangan. Hozirda u USM Holdings direktorlar kengashi raisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.
    • 2016-yilda Moshiri o‘z ulushini sotib, klubning barcha qimmatli qog‘ozlarini Usmonovga topshirgan. Eronlik tadbirkor daromad evaziga “Everton”ning 49,9 foiz aksiyasini sotib olgan, BBC xabariga ko‘ra, bu Usmonovning shaxsiy sovg‘asi bo‘lgan. Farhod barcha muhim qarorlarni rossiyalik tadbirkor orqali amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Everton”ni nima kutmoqda?

    Klub tavakkal qilyapti.
    • “Everton”ning so‘nggi 3 yildagi qarzi 265 million funt sterlingni tashkil qiladi, bu liga belgilagan 105 million funtdan ancha ko‘p.
    • Hozirda klub APL rahbariyatidan yordam olishi mumkin, lekin imkon qadar tezroq yangi investor topishi lozim.
    • Eng muhimi, stadionga nom qo‘yish huquqi sotilmagan, shuning uchun Usmonov 30 millionni qaytarishni talab qila olmaydi. Klub yo‘qotishlarga tayyor ekanini ta’kidlamoqda, ammo USM’ning rad etilishi moliyaviy ahvolga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
    • Usmonovning ishonchli odami sifatida Moshiriga nisbatan hozircha hech qanday harakat yo‘q.
    “Everton” aksionerlari raisi Jon Bleyn bu masala yaqin vaqt ichida hal qilinishini aytib o‘tdi.
    04.03.2022, 21:58   Izoh (0)   56784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. 9 kishi qolgan “OKMK” “Metallurg”ga yengildi, “Qizilqum” Olmaliqda “Lokomotiv”ni taslim etdi

    04.03.2022, 20:55

    46 yoshli Oksana Chusovitina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

    04.03.2022, 20:12

    Angliya Premyer Ligasida fevral oyining eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

    04.03.2022, 17:32

    UFC sobiq chempioni 20 yilga qamalishi mumkin. U 14 yoshli qiziga tegajog‘lik qilgan shaxsga qarata o‘q uzgan

    04.03.2022, 16:20

    Angliya Kubogining chorak finaliga qur’a tashlandi. “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Liverpul”ning raqiblari ma’lum

    04.03.2022, 12:02

    O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingi yetakchisi AQSh bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

    04.03.2022, 00:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05

    Nega ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uxlashi muhim?

    Ayollar sahifasi | 9 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.