Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingi yetakchisi AQSh terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
Uchrashuvlar aprel oyida AQShda o‘tkaziladi. Dastlabki bahs 9-aprel kuni Kolumbus (Ogayo shtati) shahrida bo‘lib o‘tsa, ikkinchi uchrashuvga 12-aprel kuni Filadelfiya (Pensilvaniya) mezbonlik qiladi.
Qayd etish kerak, AQSh ayollar terma jamoasi to‘rt karra jahon chempioni va to‘rt karra Olimpiada g‘olibi hisoblanadi. Ayni vaqtda AQSh FIFA ayollar futboli reytingida birinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa reytingda 45-o‘rinda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik mutaxassis Midori Honda bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Izoh (0)