Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vatandosh jamoat fondi Ukraina atrofida bo‘layotgan vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Unda xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, olib borilayotgan muloqotlar va tushuntirish ishlariga qaramay, ayrim o‘zbekistonliklar turli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiluvchi ba’zi manbalarga tayanib, ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari, katta va’dalar, jumladan, turli shartnomalar tuzish orqali fuqarolik berish va boshqa chaqiruvlarga ishonib, xatarli vaziyatlarga tushib qolmoqda. Shu munosabat bilan, xorijdagi fuqarolar quyidagi tavsiyalarga amal qilishga chaqirilgan:

  • boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;
  • har xil chaqiriqlar va oqimlarning aldovlariga ishonmaslik;
  • hech qanday ziddiyatli va qurolli vaziyatlarga aralashmaslik;
  • o‘qotar qurollarni qo‘lga olmaslik va ulardan foydalanmaslik (g‘ayriixtiyoriy ravishda qotilga aylanib qolmaslik);
  • vaziyatni chigallashtiruvchi hech qanday shiorlarni targ‘ib qilmaslik;
  • nizolashayotgan taraflarning bayrog‘i, madhiyalari, ramzlari va shiorlarini ishlatmaslik (O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib qolishining oldi olinadi).
“Yuqoridagi holatlarga aralashish belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini yana bir bor eslatgan holda, bugun dunyoda kuzatilayotgan vaziyatda neytral pozitsiyani ustuvor qo‘yishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 154-moddasida nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishiga javobgarlik belgilangan. Bu jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan avval Ukrainadan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining soni 1 186 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududida bo‘lgan 1,5 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Ukrainadan Polsha hududi orqali vatanga evakuatsiya qilingan fuqarolardan aviachiptalar uchun pul undirilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi