Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus keyinchalik ham Ukrainadagi maxsus operatsiyalarda ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “BelTA”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Lukashenkoning ta’kidlashicha, hozirda operatsiya beshta yo‘nalish orqali amalga oshirilmoqda: Qrim, Donetsk, Luganskdan Kiyev tomon, Chernigov, Xarkovdan. “Shu bilan birga Belarus armiyasi hech bir jangovar harakatlarda ishtirok etmagan va ishtirok etmaydi ham. Biz buni istalgan vaqtda isbotlab bera olamiz”, — deydi u.

“Bundan tashqari, Rossiya rahbariyati bizning oldimizga qurolli mojaroda ishtirok etish masalasini qo‘ymagan. Biz bundan keyin ham Ukrainadagi ushbu maxsus operatsiyada ishtirok etmoqchi emasmiz. Bunday zarurat yo‘q. Biz o‘z kuchlarimiz bilan Brestdan Mozirgacha bo‘lgan davlat chegarasini radikallar, qurollarning mamlakatga kirishining oldini olish maqsadida himoya qilyapmiz”, — deya ta’kidlagan Lukashenko.

Belarus yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlariga orqadan hujum qilinmasligi uchun mamlakatda havo hujumidan mudofaa vositalari shay holatga keltirilgan.

Ukraina va Rossiya delegatsiyasining maxsus operatsiyalar boshlanganidan keyingi birinchi uchrashuvi 28-fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida bo‘lib o‘tdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya bilan muzokaralar davomida Ukraina xohlagan natijaga erishish imkoni bo‘lmagan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)