Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Kaliforniya shtatida erkak uch nafar farzandi va yana bir kishini otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Fojia Sakramento shahridagi cherkovlardan birida yuz berdi. Bu haqda mahalliy sherif idorasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: CBS

Foto: CBS

Politsiyaga otishma haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kishi, jumladan, uch bolaning jasadini topgan, bolalarning kattasi 15 yoshda bo‘lgan.

Uch farzand va otadan tashqari beshinchi marhum ham shu oilaning a’zosi bo‘lganmi yoki yo‘qligi noma’lum.

Yanvar oyida AQShda maktab avtobusi o‘qqa tutilishi oqibatida 15 yoshli o‘quvchi halok bo‘lgandi. Undan avval Kaliforniyaning San-Xose shahrida jamoat transportiga texnik xizmat ko‘rsatiladigan markaz yaqinida otishma sodir etilgani, oqibatda sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ