Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Chimboy guzari” mahallasida bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, odamlar bu yerga 2000-yillardan o‘rnasha boshlagan. Uylar rejasiz qurilgani sababli ko‘chalar tartibsiz bo‘lib qolgan, elektr energiyasi va ichimlik suvi yetishmasdi.

Hozirga kelib mahalla aholisi 14 mingdan oshgan. Bu yerda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib bordi. Va hudud yaqinda “Obod mahalla” dasturi doirasida obodonlashtirildi. Ko‘chalar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurildi.

Transformator va ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari tortildi. Ariqlar tozalanib, daraxtlar ekildi.

Mahallada ish joyi va tibbiy xizmat yo‘q edi. Shu bois yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etildi. Bu yerda 300 dan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.

“Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizlarning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Qo‘lida hunari bor ayolning kayfiyati yaxshi, oilasi ham barqaror bo‘ladi. Bunday ishlarni hali ko‘p qilishimiz kerak. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlashib, hamma rejalarni amalga oshira olamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bu yerda mahalla markazi qurish, shahardagi boshqa og‘ir ahvoldagi hududlarni ham obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerdagi tibbiy xizmat punkti ham ko‘zdan kechirildi. Qoraqalpog‘istonda yangi klinikalar qurish, tibbiyot klasterlari tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

Mahallaning Ko‘ktepa ko‘chasidagi 8 ta uy namunaviy xonadonga aylantirilgan. Hovlilar tartibga keltirilib, issiqxonalar qurilgan. Prezident ulardan biri — Gabit Jusupov xonadonida mehmon bo‘ldi.

“Kechadan beri Qoraqalpog‘istonning eng uzoq, eng og‘ir hududlariga boryapmiz. Hozir menga aytishdi: Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan. Ularni ham obod qilish, yo‘lini, suvini, elektrini to‘g‘rilash bo‘yicha rejalarni belgiladik”, — dedi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi