Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida o‘tkazayotgan yig‘ilishda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ishdan olgan amaldorlar haqida gapirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Beruniy tumanida 24 foiz aholi to‘q yashaydi. Xatlovlar natijasiga ko‘ra, 71 foiz beruniyliklar qo‘shimcha daromad topishni xohlashlarini bildirgan. Yana besh foizi esa ijtimoiy himoyaga muhtoj. Bu juda ham katta ko‘rsatkich. Mana shu sonlar mas’ullarning qanchalik yomon ishlaganiga ishora. Umuman ishlamagansizlar, desak ham bo‘ladi, — dedi prezident.
Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari sektor rahbarlariga Samarqandga tashrifi davomida 10 nafar mas’ulning ishdan olinganini eslab, jumladan, shunday dedi:
Samarqandda ayrim hokim va prokurorlarni ishdan oldim. Ularning ko‘zlariga qaradim, hammasi mudrab o‘tiribdi, ishlamagan. Agar biz mudrasak, insonlarimiz bizdan qachon rozi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand viloyati faollari bilan uchrashuvda faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 10 nafar mas’ul rahbarni ishdan olgandi. Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan, korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqilishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)