• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kripto

    Qozog‘iston maynerlarga qanday qilib eshik ochib bergan bo‘lsa, xuddi shunday yopmoqda

    Qozog‘istonda mayning sohasining faol rivojlanishi 2019—2020-yillardan boshlangan edi — Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2020-yil 1-sentabrdagi murojaatnomasidayoq raqamli mayning yangi sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida gapirib o‘tgan edi. 

    Biz Qozog‘istonning ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha xalqaro serverlardan biriga aylanishiga xizmat qiluvchi qonunlarni ishlab chiqdik. O‘tgan yilning o‘zida raqamli mayning sohasi uchun 80 mlrd tengedan ziyod sarmoya jalb qilingan. Biroq bu bilan to‘xtab qolish emas, balki mamlakatga xalqaro raqamli gigantlarni olib kirish kerak. Yo‘qsa, bu ish boshqa davlatlar tomonidan amalga oshiriladi. Besh yil ichida ushbu sohaga qaratilgan sarmoyalar hajmini 500 mlrd tengegacha yetkazish kerak, – degan edi davlat rahbari o‘z chiqishida.

    Yuz million dollarlab miqdordagi sarmoyalar qisqa fursatda rivojlangan sanoatga tikildi va butun respublika bo‘ylab mayning fermalari paydo bo‘la boshladi. 2021-yilning kuz mavsumidayoq Qozog‘iston kriptovalyuta chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

    Foto: Nikkei.com

    Foto: Nikkei.com

    Biroq bu energiya sohasi rahbariyatini tashvishga soldi – mamlakatda eng tig‘iz yuklovlar paytida elektr energiyasi yetishmovchiligi kuzatila boshlandi. Tomonlar mavjud soha vazirligi va mayning sanoati vakillari vaziyatdan chiqish yo‘lini izlay boshlashdi. 

    2022-yilning 1-yanvaridan boshlab iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 1 tenge miqdorida qo‘shimcha soliq to‘lovi maynerlar tomonidan so‘zsiz qabul qilindi. Bundan tashqari, ular bitta mayning-ferma uchun iste’molni 100 MVt gacha cheklashga ham tayyor edilar. 

    Energetika vazirligi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda sanoat vakillari, yashirin yerto‘lalarda faoliyat yuritib, hech qanday soliq va tariflarni to‘lamaydigan va qo‘shimcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olmaydigan “kulrang” maynerlar sonining ko‘payib borayotgani sohaning asosiy muammosi ekanligini ta’kidladi. 

    Biroq 2022-yili davlat amaldorlarining so‘zi anchayin qat’iylashdi: iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qo‘shimcha soliqni 1 tengedan 10 tengegacha oshirish, shuningdek, import qilinadigan uskunalar uchun – har bir mayning qurilmasi uchun yiliga 10 baravar oylik hisob ko‘rsatkichigacha bo‘lgan qo‘shimcha bojlar joriy etish taklif qilindi.

    Foto: InCrypted

    Foto: InCrypted
    2022-yil yanvar oyidan boshlab qonuniy mayning-fermalarning ko‘pchiligi, KEGOC operatori ixtiyoriga ko‘ra, elektr tarmog‘idan qisman yoki to‘liq uzilgan holda ishlab, o‘z faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechira boshladi. 

    Shu bilan birga, Energetika vazirligining yangi rahbari Bolat Akchulakov to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda maynerlarni Qozog‘istonga taklif qilmaganini aytadi. 

    Respublikaning energetika tizimida uchrayotgan barcha muammolar maynerlarga yuklatilmoqda. Tadbirkorlarning ma’lum qismi bu ishorani tushunib, o‘z uskunalarini xorijga ko‘chirishni boshladi.

    Amaldorlarimiz tomonidan qilinayotgan ishlar shunchaki aqlga sig‘maydi, – deydi Qozog‘iston Respublikasi Blokcheyn-texnologiyalar assotsiatsiyasi rahbari Sapar Axmetov. – Ushbu sanoatning ijobiy tomonlaridan hali foydalanishga ham ulgurilmagan endigina oyoqqa turib kelayotgan sohani shunchaki olib yo‘q qilib yuborish noto‘g‘ri. Bunday harakatlar orqali xalqaro investorlar oldidagi o‘z obro‘yimizni yo‘qotamiz. Avvaliga, IT-soha, blokcheyn-texnologiyalarni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilish kerak deymiz. So‘ng barchasini, hattoki qonundan tashqari darajada taqiqlab bo‘lsa ham, maynerlarning o‘z faoliyatini tugatishi uchun qo‘ldan kelgan barchasini amalga oshiramiz. Yanvar voqealaridan keyin mamlakatimizda sarmoya jalb qilinishi shundoq ham havas qilishga arzigulik emas, amaldorlarimiz esa mavjud vaziyatni yanada chuqurlashtirish bilan ovora. Davlat tomonidan qilinayotgan bunday ishlardan keyin ko‘pchilik Qozog‘istonga pul tikishga o‘ylanib qoladi, – deb qat’iy ta’kidlaydi u.

    Axmetovning so‘zlariga ko‘ra, davlat organlari mamlakat iqtisodiyotiga foyda olib kelishi mumkin bo‘lgan sohaga bolta urishmoqda. 

    Mayning kriptovalyutalaridan keladigan soliqlar, elektr energiyasi bo‘yicha qo‘shimcha tariflar ko‘rinishidagi daromadlar hamda Qozog‘iston ishlab chiqarish sohasi uchun qurilish materiallari va elektr energiya uskunalari (kabellar, o‘tkazgichlar, transformatorlar, shitlar va boshqalar) xarajatlaridan tashqari, dunyoning ko‘plab mamlakatlari intilayotgan kriptobirjani yaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin edi.

    Foto: CoinDesk

    Foto: CoinDesk

    Mayning sanoati vakili Qozog‘istonda elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelganini tasdiqlaydi. Biroq mayning sohasi mamlakatdan butunlay chiqib ketgani bilan mavjud muammo yo‘qolib qolmaydi – elektr energiyasi tanqisligi bugunning emas, balki ertaning muammosidir. 

    Mamlakat 30 yildan beri energetika tizimini rivojlantirishga umuman e’tibor qaratmaganligi uchun bizni ayblash to‘g‘ri emas. Bu – yechimi murakkab bir muammo ekanligini anglab yetish lozim. Biz soha vakillari sifatida yuzaga kelgan muammolarning hal qilinishini muhokama qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, ayrim investorlar elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini, jumladan, qayta tiklanuvchan energiya rivojlanishiga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan bo‘lardi. Buning uchun muloqot olib borish, qandaydir bir to‘xtamga kelish zarur. Ammo bizning amaldorlarda energetika tizimini rivojlantirishga nafaqat xohish, balki ma’lum strategik g‘oyaning o‘zi yo‘q. Expo—2017 va uning “Kelajak energiyasi” shiorini yodga olaylik. Deyarli 5 yildirki kelishilgan ishlarning hech biri amalga oshirilmadi: bugungi kunda umumiy energiya balansining qaytda tiklanuvchan energiya hajmi 3-4 foizni tashkil qilmoqda, – deb yodga oladi Qozog‘iston Blokcheyn-texnologiyalar assotsiatsiyasi rahbari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina kulgiga olish Energetika vazirligining uylar yoki sanoat zonalaridagi “kulrang” maynerlarni aniqlashga imkoni yo‘qligini bildirishga majbur qiladi.

    Bu amaldorlarimizning kompetentlik darajasini ta’kidlaydi. Hovlilar va podyezdlar bo‘ylab kezib yurish, turli korxonalarda kutilmagan tekshiruvlarni olib borish shart emas. Mintaqaviy kompaniyalarning o‘zida u yoki bu obyektning ma’lum davrda qancha elektr energiyasi sarflaganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Agarda belgilangan miqdordan oshib ketish holati yuzaga kelsa-yu, faoliyatning o‘zgartirilishi haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan bo‘lsagina, tekshiruvlarni olib borish, aybdorlarni qidirish va qonuniy chora ko‘rish kerak bo‘ladi, – deydi u. 

    Rahbarning aytishicha, hozirgi kunda eng asosiysi – hamma: mayning faoliyati, Moliya vazirligi, Raqamli rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birga o‘tirib, umumiy strategiyani, ushbu sohaning rivojlanishi bo‘yicha yagona yo‘nalishni ishlab chiqish kerak.

    Har oy faoliyat qoidalarini o‘zgartirish, yangi bojlar, soliqlar, taqiq va cheklovlarni tayinlash – rasmiy organlar tomonidan qilinadigan ishlar emas, – deb alohida ta’kidlaydi Sapar Axmetov.

    Olmaota energetika va kommunikatsiyalar universitetining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati bo‘yicha prorektori Almaz Sauximovning aytishicha, maynerlar faoliyati energetika sohasidagi muammolarning kuchayishiga shunchaki bir turtki bo‘lgan. 

    So‘ngi yillarda mamlakatimizda energiya iste’moli darajasi yiliga o‘sdi, 2021-yili esa u oldingi ko‘rsatkichni ikki-uch baravarga oshirib yubordi. Hattoki yangi energiya ishlab chiqaruvchilarning harakatlari ham bunday tezkor vaziyatni o‘nglashga ulgurmadi, shunday ekan mavjud vaziyat bilan yaqin ikki-uch yil ichida tanqislikka yana duch kelishimiz mumkin bo‘lardi. Bundan tashqari, energetika tizimimizdagi muammo shundaki, mamlakat janubida sanoat va aholi sonining o‘sishi hisobiga elektr energiyasi iste’moli hajmining yuqori o‘sishi kuzatilmoqda. Liniyalarga haddan ziyod og‘irlik tushgani bois elektr energiyasini Shimol-Janub energetika ko‘prigi orqali bugungidan ko‘ra kattaroq hajmda uzatishning iloji yo‘q. Rossiya davlatidan qo‘shimcha kilovatt soatlar sotib olishimiz va ularni ushbu yo‘nalish bo‘ylab o‘tkazishimiz ham mumkin edi, biroq katta hajmli yuklovlar tufayli buni amalga oshirishning iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa-da,  mazkur vaziyatdan chiqishning bir necha yo‘li mavjud. Yoki ikkinchi – Shimol-Janub zaxira liniyasini, yoki yangi G‘arb-Janub liniyasini qurish kerak, – deydi mutaxassis. 

    Avvalroq Uznex kriptobirjasida hisobni to‘ldirib, hisob raqamidan so‘mda pul yechib olish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

    24.02.2022, 20:21   Izoh (0)   30332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat iqtisodiyot hamda bozorlarga qanday ta’sir o‘tkazmoqda?

    22.02.2022, 22:39

    “Raqamli sa’nat”: NFT nima, qanday ishlaydi va nima uchun uni butun dunyo muhokama qilyapti? 

    21.02.2022, 20:05

    Milliarder Charli Manger kriptovalyutalarni “kalamush zahari” deb atadi

    17.02.2022, 19:58

    Endi kriptovalyutani so‘mga qonuniy ravishda sotib olish mumkin. Yaqinda buni UzCard va Humo kartalari orqali ham qilsa bo‘ladi

    12.01.2022, 19:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.