Yo‘lovchi va kuzatuvchilar uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti terminalining estakadasiga kirish erkin. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Shuningdek, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari:
- estakadaning o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
- taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
- estakadaning o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoida buzarlik hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yildan ortiq (1999-yilda Toshkentda sodir bo‘lgan teraktlardan so‘ng) muddat davomida kutib oluvchi va kuzatuvchilar poytaxt aeroportining terminal binosiga kirish imkoniga ega emas va har qanday ob-havo sharoitida ham tashqarida bo‘lishlari talab qilinadi. Xalqaro aeroportda kutayotganlar uchun ayvon mavjud, ammo mahalliy aviatarmoqlar terminali oldida odamlar ko‘chada kutishiga to‘g‘ri keladi. 2021-yilning iyulida aeroportining estakadasi transport harakati uchun test rejimida ochilgandi. Butun estakada bo‘ylab transport vositalarining raqamlarini taniydigan, turini aniqlay oluvchi va ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini nazorat etuvchi intellektual videokuzatuv kameralar tizimi o‘rnatilgan.
Izoh (0)