Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 20-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Inter” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi. 8-daqiqada Jakomo Raspadori mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 26-daqiqada Janluka Skamakka jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Inter” 54 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi va peshqadam “Milan”dan ikki ochko ortda qolmoqda. “Sassuolo” esa ochkolarini 33 taga yetkazib olgan holda 11-pog‘onaga ko‘tarildi.

“Atalanta” Florensiyada “Fiorentina”ga qarshi bahs yuritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kshishtof Piontek tomonidan urilgan gol mezbonlarga g‘alaba olib keldi.

A Seriya

26-tur bahslari

20-fevral, yakshanba

“Inter” — “Sassuolo” 0:2

Gollar: 0:1 – 8 Raspadori, 0:2 – 26 Skamakka.

“Inter”: Handanovich, Darmian (Dumfris, 46), de Vrey, Shkrinyar, Dimarko, Perishich (D`Ambrozio, 78), Chalxono‘g‘lu (Vidal, 78), Galyardini (Jeko, 46), Barella, Sanches, Martines.

“Sassuolo”: Konsilyi, Myuldyur, Kirikesh, Ayhan (Ruan, 46), Kiryakopulos, Lopes, Frattezi (Mateus Enrike, 71), Traore (Harrui, 78), Berardi (Peluzo, 89), Skamakka (Defrel, 70), Raspadori.

Ogohlantirishlar: Raspadori (49), Myuldyur (59), D`Ambrozio (86).

“Fiorentina” — “Atalanta” 1:0

Gol: 1:0 – 56 Piontek.

“Venetsiya” — “Jenoa” 1:1

Gollar: 1:0 – 13 Anri, 1:1 – 29 Ekuban.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi