• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ueyn Runi, Serxio Aguero va Odil Ahmedov. 2021-yilda faoliyatini yakunlagan taniqli futbolchilar

    Odatda ko‘pchilik futbol ishqibozlari ma’lum bir o‘yinchining katta pul evaziga o‘zini katta qilgan yoki ajoyib o‘yin ko‘rsatib turgan klubdan ketganini juda og‘ir qabul qiladi. Ammo buni to‘g‘ri tushunish va vaziyatga real qarash lozim. Futbolchilarning “maydondagi umri” juda qisqa va charm to‘p ustalarining yaxshiroq sharoitga intilishi tabiiy. Chunki ular butun umr yugurib yura olmasligini va bir kun kelib, butsilarini “mixga ilishini” yaxshi biladi. Misol tariqasida, ortda qolgan 2021-yilda ham juda ko‘plab futbolchilar katta sport bilan xayrlashdi. “Daryo” ushbu sahifada ulardan eng mashhurlarini yodga oladi.

    Ueyn Runi, 36 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yil avvalida, aniqrog‘i 15-yanvar kuni “Manchester Yunayted” afsonasi Ueyn Runi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Garchi u 2020-yilning 25-noyabrida oxirgi o‘yinini o‘tkazgan bo‘lsa ham, yanvar oyiga kelibgina rasman katta sport bilan xayrlashishga qaror qildi. U ungacha so‘nggi ikki mavsum davomida Chempionship vakili “Derbi Kaunti”da harakat qilayotgandi (o‘ynovchi murabbiy rolida).

    Futbolchi sifatida “Yunayted”dan tashqari, “Everton” va “Di Si Yunayted”da to‘p surgan Runi darhol murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi, biroq hozircha bu borada muvaffaqiyat qozonishi oson kechmayapti. Uning boshqaruvidagi “Derbi Kaunti” 2020/21-yilgi mavsumda bazo‘r ligada jon saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu mavsumda ham quyi pog‘onalarda bormoqda va katta ehtimol bilan quyi divizion (nufuz jihatdan Angliyaning 3-ligasiga) tushib ketadi.

    Nuri Shahin, 33 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘z vaqtida “Borussiya D”dagi o‘yinlari orqali futbol jamoatchiligining e’tiborini o‘ziga tortgan va hatto “Real”ga transfer qilingan Nuri Shahinni ko‘pchilik yaxshi eslasa kerak. “Real”da o‘z o‘rnini topa olmagan futbolchi qisqa vaqt davomida “Liverpul”da ijarada o‘ynaydi va keyinchalik yana qadrdon jamoasiga qaytadi. Kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyatini esa 2018-yilda “Verder” safida yakunlaydi. Uning keyingi manzili Turkiyaning “Antalyaspor”i bo‘ldi. Shahin u yerda 2020-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilning 6-oktabrida, 33 yoshida esa “Antalyaspor”ning bosh murabbiyi etib tayinlandi. Dastlab uning murabbiylik bilan bir qatorda futbolchi sifatida ham faoliyat yuritishi aytilgandi, biroq 17-oktabrga borib rasman futbolchilik faoliyatini yakunladi.

    Shahin legioner sifatida yomon natijalarga erishmagan. Uning shaxsiy yutuqlari orasida Bundesliga va Ispaniya La Ligasi chempionliklari bor. 2010/11-yilgi mavsumda esa Germaniya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

    Sami Xedira, 34 yosh

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Germaniya terma jamoasi safida 2014-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan futbolchi ham 2021-yilga kelib, butun faoliyati davomida ta’qib qilib kelgan jarohatlar tufayli butsilarini “mixga ilishga” qaror qildi.

    Xedira ham Nuri Shahin kabi Germaniya Bundesligasidagi o‘yinlari orqali nom qozonib, Madridning “Real” klubiga yo‘l olgandi. Biroq u turkiyalik futbolchidan farqli ravishda “qirollik klubi” safida o‘z o‘rnini topdi va 2010-yillarning o‘rtalarida tayanch zonasining tom ma’nodagi “qiroli”ga aylanadi. Joze Mourinyo va Karlo Anchelotti qo‘l ostida u asosiy tarkibning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ammo keyinchalik, murabbiylarning almashishi bilan Sami kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi va “Yuventus”ga o‘tib ketadi. Mundial g‘olibi Italiyada ham tezda o‘z o‘rnini topib oldi va uzoq yillar davomida “keksa sinyora”ning A Seriyadagi g‘alabalariga hissa qo‘shib keldi.

    2021-yil avvalida Xedira yana Bundesligaga qaytdi, u “Herta”da bir mavsum davomida harakat qilib, shundan so‘ng katta sport bilan xayrlashdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yuventus”da o‘ynab yurgan kezlari shifokorlar unda yurak bilan bog‘liq muammolar borligini aniqlagan.

    Aryen Robben, 37 yosh

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Bavariya” safida sakkiz karra Germaniya chempioni, “Chelsi” bilan 2-marta APLda g‘olib bo‘lgan, “Real” bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan Aryen Robben va uning faoliyati haqida ortiqcha gapirishning hojati yo‘q, aslida. Bundan tashqari bunga uning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasi va terma jamoadagi o‘yinlarini ham qo‘shimcha qilish mumkin.

    Niderlandiyalik futbolchi 2019-yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgandi. Biroq oradan bir yil o‘tar-o‘tmas u yana katta sportga qaytganini ma’lum qildi va qadrdon “Groningen” klubi safiga qo‘shildi. Katta maqsadlar bilan qaytgan Robben Niderlandiya chempionatining ilk turidayoq mushaklaridan jarohat oldi va mavsumni rejadagidek o‘tkaza olmadi. Shunga qaramay u faoliyatining so‘ngida qadrdon jamoasiga yordam bera olganidan mamnun ekanligini bildirdi. 15-iyul sanasiga kelib, 37 yoshida yana bir bor faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

    Samir Nasri, 34 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘z vaqtida “Arsenal” va “Manchester Siti”da Angliya Premyer Ligasini “yondirgan” Samir Nasri haqida gap ketganda ko‘pchilik uni qobiliyatidan to‘laligicha foydalanmagan o‘yinchi sifatida yodga oladi.

    2017-yilda “Siti”dan ketgan fransiyalik futbolchi “Sevilya”, “Antalyaspor”, “Vest Hem” klublarida faoliyat yuritdi. Uning oxirgi klubi esa “Anderlext” bo‘ldi. U Belgiya klubi safida oxirgi marta 2020-yilda maydonga tushgandi. O‘sha yili tomonlar shartnomani bekor qilgan. Nasri 2021-yilning sentabr oyiga kelibgina rasman futbolchilik bilan xayrlashganini e’lon qildi. U bu qarorini doping bilan bog‘liq vaziyatdagi adolatsizliklar bilan bog‘ladi. Nasri 2018-yilda antidoping qoidalarini buzgani uchun yarim yilga futboldan chetlatilgandi, apellyatsiyadan so‘ng esa diskvalifikatsiya yana bir yilga uzaytirilgandi.

    Qayd etib o‘tib ketish kerak, Nasri 2015-yilda ham Didye Desham bilan bo‘lgan mojarolar ketidan terma jamoadan arazlab ketayotganini e’lon qilgandi.

    Mario Manjukich, 35 yosh

    Foto: “Milan”

    Foto: “Milan”

    Xorvatiya afsonalaridan biri bo‘lgan Mario Manjukich sentabr oyida, 35 yoshida maydondagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. O‘tmishga nazar tashlanadigan bo‘lsa, hujumchi ko‘pchilik faqat havas qilishi mumkin bo‘lgan karyeraga erishdi. U qayerda o‘ynamasin, har doim jamoa uchun kurashardi va deyarli o‘zi o‘ynagan barcha klublar bilan sovringa ega chiqardi.

    Terma jamoada esa u yuqorida ta’kidlanganidek, tom ma’nodagi afsona hisoblanadi. Mario 2018-yilgi Jahon Chempionatida finalgacha yetib borgan tarkibning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan.

    2019-yilda “Yuventus”dagi so‘nggi mavsumdan keyin Manjukich Qatar chempionatiga yo‘l oldi va u yerda bir mavsum harakat qildi. Manjuchik Qatar klubiga katta pul ortidan bordi va aytarli katta natijalarga erishmadi.

    2021-yil avvalida esa “Milan” bilan shartnoma imzoladi, ammo avvalgi sport formasini tiklashi qiyin kechdi. Shundan so‘ng u to‘xtashga qaror qildi va darhol murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi. Hozirda u mamlakat milliy terma jamoasida Zlatko Dalichga assistentlik qilmoqda.

    Serxio Aguero, 34 yosh

    Foto: “Barselona”

    Foto: “Barselona”

    “Manchester Siti” afsonasi Aguero 2021-yilning yozida Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surish uchun “Barselona”ga o‘tdi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Leo jamoadan ketdi, o‘zi esa jarohat sabab uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmadi. Oktabr oyiga kelib, barchasi joyiga tushgandek taassurot uyg‘ongandi.

    Ammo 31-oktabr sanasida barchasi o‘zgarib ketdi: “Barselona” La Liga doirasida o‘z maydonida “Alaves”ni qabul qilayotgandi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Aguero o‘zini yomon his qildi va maydonga yiqildi. Shifokorlar uning yuragida muammo borligini ma’lum qildi va Kun zaxiraga olindi. Dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng “Barselona” futbolchining ahvoli yaxshi ekanligi, ammo 3 oy davomida futbol o‘ynay olmasligi haqida ma’lumot berdi. Biroq 15-dekabr kuni Agueroga yurak taxikardiyasi tashxisi qo‘yildi va uning boshqa maydonga qayta olmasligi aniq bo‘ldi.

    Aguero qarorini e’lon qilgan matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va bu hayotidagi eng qiyin tanlov bo‘lganini aytdi.

    Raqobat o‘ta kuchli bo‘lgan bugungi futbol muhitida barcha muxlislarning qalbidan birdek joy olish imkonsiz ish, ammo Aguero buni uddalagan kam sonli o‘yinchilardan bo‘lib millionlar o‘yini tarixidan joy oladi.

    Mavzuga doir: “Maradona Italiyani zabt etdi, Messi Ispaniyani, Aguero esa Angliyada buni uddaladi”. Futbol ahli Serxio Aguero bilan xayrlashdi

    Bonus: Odil Ahmedov, 34 yosh

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    O‘zbek futboli uchun ham 2021-yil voqealarga boy bo‘ldi. Superliga jamoalari murabbiylarining “portlashi”, Eldor Shomurodovning “Roma”ga o‘tishi va milliy terma jamoaning JCh saralashlari tarixidagi eng yomon natijasi shular jumlasidandir.

    Shuningdek, Odil Ahmedovning katta futbol bilan xayrlashgani haqidagi xabar ham ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Ahmedov 18-dekabr kuni “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobining taqdimot marosimida butsilarini mixga ilganini e’lon qildi:

    Bugun sizning ko‘z oldingizda futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman. Bu juda og‘ir qaror. Bir umr futbolga oshno bo‘lganman, endi undan ayrilish juda ham qiyin. Ko‘pchilik futbol o‘ynashda davom etishim kerakligini ta’kidladi. Men uchun futbol o‘ynash — maydonda borini berish deganidir. Shunchaki familiya maydonda yurishi kerak emas. Shuning uchun ushbu qarorimni to‘g‘ri deb qabul qilaman.

    Odil Ahmedov

    Darhaqiqat, Odil yuqori notada ketdi. U Superliga klublarida yana bir necha yil davomida harakat qilishi mumkin edi, biroq u muxlislarning (balki o‘zining ham) yodida kuchli, kurashlardan qo‘rqmaydigan va vatanparvar sardor sifatida qolishni istadi.

    Odilning so‘nggi jamoasi Xitoyning “Chanchjou Mayti Layons” klubi bo‘ldi. Endilikda u O‘FA vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u asosiy vaqtini “Odil Junior”ga bag‘ishlashini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir: “Non-choy sotgan vaqtlarimiz ham bo‘lgan”. Pul ortidan quvmay milliarder bo‘lgan Odil Ahmedov

    20.02.2022, 12:19   Izoh (0)   63877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pekin—2022. Finlyandiya xokkey terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etib, ilk bor Olimpiya oltin medaliga ega chiqdi

    20.02.2022, 11:39

    La Liga. “Real” Madridda autsayder ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    20.02.2022, 03:50

    Liga 1. Messi, Neymar va Mbappe triosi qatnashgan o‘yinda “PSJ” o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradi

    20.02.2022, 03:27

    A Seriya. Peshqadam “Milan” so‘nggi o‘rinda borayotgan jamoani yenga olmadi

    20.02.2022, 03:02

    Nursulton Ro‘ziboyev Toshkentda o‘tkazilgan MMA kechasida braziliyalik raqibini 1-raundda taslim etdi

    20.02.2022, 02:18

    APL. “Manchester Siti” 90+5-daqiqada gol o‘tkazib, “Tottenhem”ga yutqazib qo‘ydi. Harri Keyndan dubl

    20.02.2022, 00:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.