Pekin—2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida 18-fevral, juma kungi bahslar yakunlandi.
Olimpiadaning 14-kungi bahslaridan so‘ng medallar reytingida Norvegiya hamon yetakchilikda davom etmoqda. Norveglar hisobida 15 ta oltin, 8 ta kumush va 11 ta bronza mavjud.
Ikkinchi o‘rinda Germaniya qayd etilgan bo‘lsa, AQSh kuchli uchlikni yakunlab berdi. Mezbonlar esa to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Olimpiadada O‘zbekiston nomidan qatnashgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev 16-fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom musobaqasida qatnashdi. To‘xtayevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Komiljon avvalroq gigant slalom bahslarini 29-pog‘onada yakunlagandi.
Medallar reytingi (top-10):
1. Norvegiya – 15-8-11 (34)
2. Germaniya – 10-7-5 (22)
3. AQSh – 8-8-5 (21)
4. Xitoy – 8-4-2 (14)
5. Avstriya – 6-7-4 (17)
6. Niderlandiya – 7-5-4 (16)
7. Shveysariya – 7-2-5 (14)
8. Avstriya – 6-7-4 (14)
9. ROQ (Rossiya) – 5-9-13 (27)
10. Fransiya – 5-7-2 (14)
Izoh (0)