Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mari viloyati hokimi o‘rinbosari, Turkmaniston Agrar partiyasi vakili Agadjan Bekmiradov mamlakatda muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga navbatdagi nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Turkmen.news

Foto: Turkmen.news

Agentlikning ta’kidlashicha, partiya a’zolari “davlat rahbarining Xalq maslahati yig‘ilishida yosh yetakchilar nomzodini ko‘rsatish bo‘yicha bildirilgan g‘oyasi muhimligini qayd etgan”. Bekmiradov qachon tug‘ilgan aytilmagan, ammo u Turkmaniston arxitektura-qurilish institutini 1995-yilda tamonlagani ma’lum qilingan. Shu sababli uning yoshi 47—48 atrofida bo‘lishi kerak. Mamlakatda prezidentlik lavozimiga 40 yoshdan kattalar saylanishi mumkin.

2022-yilning 12-mart sanasiga belgilangan prezidentlik saylovlari mutlaqo yangicha tarixiy sharoitlarda o‘tkazilishi aytilmoqda. “Zamonaviy davrda vatanimiz prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahnamoligida tub ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatda turkman xalqiga xos bo‘lgan chinakam demokratik tamoyillarini mustahkamlash borasida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdi”, — deyiladi xabarda.

15-fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li, iqtisodiyot bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bo‘lajak saylovlarda mamlakat prezidentligiga birinchi nomzod sifatida ko‘rsatilgandi. Serdar Berdimuhamedov 2020-yilning fevralida sanoat vaziri lavozimini egallagan, 2021-yilning fevralidan esa Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Iyul oyida Serdar Berdimuhamedov bosh vazirning moliya va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakatni 15 yildan beri boshqarib kelayotgan Gurbanguli Berdimuhamedov boshqaruvchi yoshlarga topshirish va faoliyatini Xalq maslahati raisi sifatida davom ettirish borasidagi niyatini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi