Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-fevral kuni Ashxobodda Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusi 30 yil ichida davlatni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.

“Mana 15 yildan buyon Turkmaniston prezidenti sifatida eng yuqori va o‘ta mas’uliyatli lavozimda ishlab kelyapman. Bir vaqtning o‘zida men Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi, Davlat xavfsizlik kengashi raisi, Turkmaniston Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni, Turkmaniston xalq maslahati milliy kengashi raisi vazifalarini bajarmoqdaman”, — degan Berdimuhamedov.

Davlat rahbari bundan ikki yil oldin “payg‘ambar yoshi”ga to‘lganini aytib, oson bo‘lmagan qarorni qabul qilganini ma’lum qilgan.

“Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruviga eltuvchi yo‘lni ma’naviy muhitda va zamonning yuksak talablari asosida tarbiyalangan yosh yetakchilarga berish kerak, degan fikrni qo‘llab-quvvatlayman. Men Xalq maslahati raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham shu sohaga yo‘naltirish niyatidaman”, — deydi Gurbanguli Berdimuhammedov.

2021-yilning martida Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov konstitutsiyaga zid ravishda parlament a’zosi etib saylangani xabar berilgan edi. 2020-yil sentabr oyida qabul qilingan yangi tahrirdagi Turkmaniston konstitutsiyasining 73-moddasiga muvofiq, prezident Turkmaniston Milliy Kengashining a’zosi yoki deputati bo‘lishi mumkin emas.

2021-yilning fevralida Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining 40 yoshli o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni bosh vazir o‘rinbosari va Oliy nazorat palatasi (moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat nazorati organi) raisi etib tayinlagan, shuningdek, uni Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashi tarkibiga kiritgandi.

Avval Gurbanguli Berdimuhamedov Xitoy matbuotiga bergan intervyusida “yagona Xitoy” siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgani, undan oldin esa bobosi nomidagi harbiy maktab quriladigan joyga kapsula qo‘ygani haqida xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi