Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktablardan birida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi qizlar yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga chiqqani aks etgan surat tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, holat yuzasidan boshqarma xodimlari o‘rganish ishlari olib borgan. Unda aniqlanishicha, holat 14-fevral kuni viloyatning Qibray tumanidagi “Yangiyo‘l” MFY hamda “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kuzatilgan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirni o‘tkazish uchun Qibray tuman xalq ta’limi tasarrufidagi 29-sonli maktabning faollar zalidan foydalangan. Tashkilotchilar o‘quvchi qizlardan tadbirga taklif etilgan mehmonlarni kutib olishda amaliy yordam berishini so‘ragan. Maktab rahbariyati bunga rozilik bildirgan va havo sovuq bo‘lishiga qaramay, o‘quvchi qizlar yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga jalb etilgan.

“Toshkent viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bu kabi holatlarni keskin qoralaydi. Tizim tasarrufidagi ta’lim muassasalarida o‘z tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan tashkilot va maktablar rahbariyatidan bu kabi holatlarga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi va bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun ushbu holatga yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga chora ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV
Mahalliy
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida