• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kanadada COVID-cheklovlari va bosh vazir Jastin Tryudoga qarshi keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda. Politsiya harakatlariga qaramay, namoyishchilar AQSh bilan chegaradagi ko‘chalar va asosiy ko‘prikni to‘sib qo‘ygan (foto)

    23-yanvardan buyon Kanadada koronavirus cheklovlariga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Aksiya ishtirokchilari bosh vazir Jastin Tryudo rahbarligidagi hukumat siyosatidan ham norozi. Namoyishlarni dastlab yuk mashina haydovchilari boshlab bergandi. Ular Kanada va AQSh chegarasini kesib o‘tishda ikki haftalik karantindan o‘tish yoki  koronavirusga qarshi emlanganlik guvohnomasini ko‘rsatish kerakligini nazarda tutuvchi yangi qoidalarning bekor qilinishini talab qildi. Haydovchilar “Ozodlik karvoni” (Freedom Convoy) deb nomlangan aksiya – mamlakat poytaxti Ottavaga ommaviy yo‘l olgan mashinalar harakatini uyushtirdi. Minglab odamlar ularga qo‘shildi.

    Ikki haftadirki Ottava markazida yirik namoyish bo‘lib o‘tmoqda — yuzlab yuk mashinalari va boshqa transport vositalari, shuningdek, chodirli lagerlar ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan. 7-fevral kuni shaharda favqulodda holat joriy etildi, bosh vazir va uning oila a’zolari xavfsizlik nuqtayi nazaridan rasmiy qarorgohini tark etdi. Namoyishchilar AQSh–Kanada chegarasidagi asosiy o‘tish joyi bo‘lgan Ambassador ko‘prigini ham to‘sib qo‘ygan. Ularning ta’kidlashicha, norozilik namoyishlari yuk mashina haydovchilari uchun emlanish talabi bekor qilinib, Kanada hukumati tomonidan imtiyozlar berilgandan keyingina tugaydi.

    COVID-choralari va hukumatga qarshi norozilik bildirayotgan odamlarning avtomashinalari Ottavadagi ko‘chani to‘sib qo‘ygan. Namoyishchilar soni politsiyadan ancha ko‘p. 12-fevral, 2022-yil.

    COVID-choralari va hukumatga qarshi norozilik bildirayotgan odamlarning avtomashinalari Ottavadagi ko‘chani to‘sib qo‘ygan. Namoyishchilar soni politsiyadan ancha ko‘p. 12-fevral, 2022-yil.
    Foto: Getty Images

    Namoyishchilar Ambassador ko‘prigi (The Ambassador Bridge) ustida harakatlanishni to‘sib qo‘ymoqda. 2286 metrlik osma ko‘prik Detroyt daryosi orqali Kanadaning Vindzor va Amerikaning Detroyt shahrini bog‘laydi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari ko‘prik blokadasidan aziyat chekmoqda: ushbu yo‘nalishda odatda kuniga 300 million dollarlik tovar tashiladi, ularning uchdan bir qismi avtomobil sanoatiga bog‘liq. Ontariodan Alabamagacha joylashgan zavodlardan ayrimlari yopilishga majbur bo‘ldi. 11-fevral, 2022-yil.

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning aytishicha, mamlakatdagi 120 000 yuk mashinasi haydovchilarining 90 foizi to‘liq emlangan. U namoyishchilarni “ozchilik guruh” deb atadi. Kanadaliklarning hammasi ham namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlamadi. Suratda odamlar namoyishchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan Ambassador ko‘prigida ibodat qilmoqda. 11-fevral, 2022-yil.

    Politsiya xodimlari saf tortgan holda, Ambassador ko‘prigi blokadasini olib tashlashga urindi, biroq ular namoyishchilarning faqat bir qismini haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Havo sovuqligiga qaramay, namoyishchilar soni ortgan. 13-fevral, 2022-yil.

    Ambassador ko‘prigida qonunbuzarlardan birini qo‘lga olayotgan politsiya. Namoyishlar boshlanganidan beri Kanadada tartibsizlik, o‘g‘rilik, mulkka zarar yetkazish va nafrat qo‘zg‘atish jinoyatlari bo‘yicha 60 dan ortiq jinoiy ish ochilgan. 13-fevral, 2022-yil.

    Ottava markazidagi Kanada parlamenti oldiga yig‘ilgan namoyishchilar. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 12-fevral kuni o‘tkazilgan aksiyada to‘rt mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

    Ottava markazidagi Kanada parlamenti oldiga yig‘ilgan namoyishchilar. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 12-fevral kuni o‘tkazilgan aksiyada to‘rt mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
    Foto: EPA

    Haydovchilar aksiyasi bilan birga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun internetda mablag‘ yig‘ish boshlandi – bir necha kun ichida haydovchilarga to‘qqiz million Kanada dollari xayriya qilindi. Yig‘ilgan mablag‘lar mehmonxona xonalari, gaz va namoyishchilarning ovqati uchun sarflanadi. Suratda norozilik namoyishi ishtirokchilari shishirilgan basseynda. Ottava, 12-fevral, 2022-yil.

    Foto: AFP

    Qorli havoda isinishga urinayotgan namoyishchilardan biri. Ottava politsiyasi namoyishchilarga yonilg‘i, hojatxona qog‘ozi va oziq-ovqat yetkazib bergan odamlarni hibsga olishini e’lon qilgan. Shuningdek, haydovchilardan yoqilg‘i musodara qilingan. Ottava, 12-fevral, 2022-yil

    Mavzuga doir:

    • Germaniyada koronavirus cheklovlariga qarshi yana bir norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
    • Solomon orollarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Yangi Zelandiya va Avstraliya hukumatlari vaziyatdan xavotirda

    15.02.2022, 06:54   Izoh (0)   11924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy AQSh taxmin qilgan hujum sanasini Ukraina birligi kuni deb e’lon qildi

    15.02.2022, 00:22

    “Janob Zelenskiy! Masxarabozlik vaqti poyoniga yetdi”. Ramzan Qodirov Rossiyaning oddiy fuqarosi sifatida Ukraina prezidenti va xalqiga murojaat yo‘lladi

    14.02.2022, 23:22

    Zelenskiy ayni vaqtda oilasi bilan birga Ukrainadan chiqib ketish ehtimoli yo‘qligini bildirdi

    14.02.2022, 22:25

    2022-yilgi “Oskar” mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxati — kutilgan va kutilmagan natijalar

    14.02.2022, 20:57

    Polshada omikronning ikkita yangi varianti aniqlandi

    14.02.2022, 17:52

    Ukrainaning oligarx va biznesmenlari mamlakatni ommaviy ravishda tark etmoqda — “Ukrainskaya Pravda”

    14.02.2022, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 

    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 

    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing

    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ugo Ekitike “Liverpul” tarixida noyob natija qayd etdi

    Sport | 26 avgust, 10:23

    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar

    Reklama | 26 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda 27-avgust kuni necha daraja issiq bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 10:13

    Ukraina NATO ittifoqchilari bilan dron sanoatini kengaytiradi

    Dunyo | 26 avgust, 09:51

    O‘zbekistonda davlatga qarashli futbol stadionlarini sotuvga chiqarish taqiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 09:29

    “Manchester Siti” yangi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

    Sport | 26 avgust, 09:26

    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing

    Reklama | 26 avgust, 08:30

    AQSH rasman Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    Dunyo | 26 avgust, 09:15

    O‘limga olib keluvchi sahnalar: suratga olish jarayonida yuz bergan fojiali hodisalar

    Kino | 26 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.